22:08 / 12.10.2020
4 948

Tixanovskaya Putinga qanday taklifi borligini aytdi

Tixanovskaya Putinga qanday taklifi borligini aytdi
Foto: Reuters
Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashmoqchi ekanligini yana bir bor ta’kidladi. U TUT.BY saytiga bergan intervyusida Putinga aralashmaslikni taklif qilishini aytdi.

"Biz Rossiyaga qarshi emasligimizni doim aytib kelganmiz va Rossiyada buni tushunishadi deb o‘ylayman. Lekin mening, ya’ni belaruslarning Putin bilan muzokaralari Lukashenkoni yo‘qoting, biz mamlakatni beramiz degani emas. Yo‘q, aslo. Bu muzokaralar Rossiya Belarusning ishlariga aralashmasligi, o‘z kelajagimizni o‘zimiz hal qilishimizga imkoniyat berish degani. Belarus Rossiyadan hech qayerga qochmaydi, devor qurib olmaymiz", - dedi u.

Tixanovskaya quvg‘indagi hukumatni tashkil etish g‘oyasiga qarshi ekanligini aytdi. Belarusni tark etgan muxolifatning muvofiqlashtiruvchi kengashi a’zolarini o‘zlarini quvg‘indagi hukumat deb hisoblamaslikka chaqirdi.

U hammaslaklarining strategiyasi Belarus hukumatiga bosim o‘tkazish, uni muloqotga majbur qilish va oxir-oqibat yangi prezidentlik saylovlarini o‘tkazish ekanligini eslatdi.

U “hukumat bilan muloqot boshlanmagunicha” Belarusga qaytishni rejalashtirmaganini aytdi.

YEIning qator mamlakatlari Tixanovskayani Belarus muxolifati yetakchisi deb tan oldi. Xususan, u bilan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Angela Merkel uchrashdi.

Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov 7 oktabr kuni Rossiya prezidenti Tixanovskaya bilan uchrashishni rejalashtirmaganini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tixanovskaya Putinga qanday taklifi borligini aytdi