07:00 / 13.10.2020
4 018

Koronavirus birdan yo‘q bo‘lib ketishi mumkinmi?

Koronavirus birdan yo‘q bo‘lib ketishi mumkinmi?
Ushbu savolga Rossiyaning F.F. Erisman nomidagi jamoat sog‘ligini saqlash instituti direktori, I.M. Sechenov nomidagi birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti Epidemiologiya va dalillarga asoslangan tibbiyot kafedrasi mudiri Nikolay Briko «Rossiyskaya gazeta»ga bergan intervyusida javob berdi.

Ekspertning fikricha, SARS-CoV2 virusi avvalgi SARS-CoV1 (atipik pnevmoniya) singari yo‘qolmaydi. Ehtimol, u O‘RVIni keltirib chiqaradigan katta mikroorganizmlar guruhining viruslaridan biriga aylanib qoladi. Briko, bu o‘rinda, 2009-2010 yillarda pandemiyaga sabab bo‘lgan gripp virusini eslab o‘tgan.

Epidemiolog ayni paytda kuzatilayotgan kasallikning kuchayishi haqida ham fikr bildirdi. Uning fikriga ko‘ra, bu har bir organizmning individual xususiyatlariga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

"Patogenning zaharliligi va uning inson tanasiga tushgan miqdori (dozasi) katta ahamiyatga ega", deydi Briko.

Shuningdek, u ish joylaridagi aloqalar darajasining keskin o‘sishi, uyushgan guruhlardagi odamlarning yaqin aloqasi, gavjum joylar va jamoat transportida, niqob rejimiga rioya qilmaslik "qo‘zg‘atuvchining havodagi tomchilar bilan yuqishi va aloqa qilish imkoniyati sezilarli darajada oshishiga" olib kelganini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus birdan yo‘q bo‘lib ketishi mumkinmi?