11:30 / 13.10.2020
3 059

Mutaxassis koronavirus haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi

Mutaxassis koronavirus haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi
Foto: «Qatar-tribune.com»
Shifokor-infeksionist, tibbiyot fanlari nomzodi Georgiy Sapronovning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi organizmga osonroq kirishi uchun shaklini o‘zgartira oladi. Odamlar orasida kasallanishlar soni tobora ko‘payib borayotgani uchun koronavirus haqida savollar ham ko‘payib bormoqda.

Mutaxassisning fikricha, ko‘zoynak chindan ham koronavirusdan himoya qiladi.
Virus ko‘z shilliq qavatiga tushgach ko‘z yoshi bilan burun-yosh kanalida yuviladi va yuqori nafas yo‘llariga tushadi. Bunda kasallik yuqish xavfi sezilarli darajada kamayadi, — deydi Sapronov.

Uning ta’kidlashicha, koronavirusni bo‘m-bo‘sh liftda ham yuqtirib olish mumkin.
Odam nafas chiqarganda, o‘zining atrofida muayyan havo suspenziyasini hosil qiladi. Agar koronavirus bilan kasallangan bemor liftda yo‘talsa yoki aksirsa, virusni yuqtirib olish mumkin, — deya ta’kidlaydi shifokor.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, Afrikadan keltirilgan shuvoq o‘simligidan tayyorlangan ichimlik koronavirusni davolashi — cho‘pchak.
Ko‘pgina davlatlar shuvoqdan foydalanish bo‘yicha katta tajribaga ega, biroq hozir ushbu o‘simlikning koronavirusni davolash samaradorligi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q, — deya ta’kidlaydi shifokor.

Infeksionistning aytishicha, qo‘llarni qurituvchi elektr jihozlar koronavirusni tarqatishi haqidagi fikr ham cho‘pchakdan o‘zga narsa emas.
Elektr quritgich havoni pastga — qo‘lga yuboradi, havo isituvchi spirallardan o‘tadi. Qizdirilgandan so‘ng virusning tirik qolishi amrimahol, ustiga-ustak, ayrim quritgichlarga ultrabinafsha chiroq o‘rnatilgan bo‘ladi, — deya ma’lum qildi Sapronov.

Shifokor odamlarni ijtimoiy masofaga amal qilishga, qo‘llarni tez-tez yuvishga, og‘iz-burunni yopib turadigan niqob taqishga, shamollash alomatlari bo‘lganda uydan chiqmaslikka chaqirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mutaxassis koronavirus haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi