15:30 / 13.10.2020
2 289

Kuk orollari bosh vaziri o‘zini 17 ta lavozimga tayinladi

Kuk orollari bosh vaziri o‘zini 17 ta lavozimga tayinladi
Kuk orollari bosh vaziri Mark Braun o‘zini 17 ta vazirlik lavozimiga tayinladi. Bundan tashqari, u bosh prokuror lavozimini ham egallamoqda.

Braun bosh vazir lavozimidan tashqari, tashqi ishlar, immigratsiya, moliya, energetika va tiklanuvchi zaxiralar, politsiya va telekommunikatsiyalar bo‘yicha vazirlar lavozimlarini egallagan. Bundan tashqari, u suv osti ma’danlari va tabiiy zaxiralar, pensiya ta’minoti va boshqa sohalarga mas’ul hisoblanadi.

Braunning o‘rinbosarlari ham bir nechtadan lavozimlarni egallashgan. Jumladan, bosh vazir o‘rinbosari Robert Taypatau endilikda ham transport, ham infratuzilma vazirliklarini boshqaradi.

Bu orada orollar muxolifati yetakchisi Tina Braun vazirlik lavozimlarining bunday taqsimlanishi bosh vazirning hukumatning boshqa a’zolariga nisbatan ishonchsizlik bilan qarashini anglatishini aytgan.

Braun, ehtimol, bosh vazirga tegishli lavozimlar soni bo‘yicha Kuk orollari rekordini o‘rnatdi. U o‘z zimmasiga juda katta yukni oldi va endi muammo shundaki, u boshqarayotgan vazirliklar yetarlicha e’tibor oladimi-yo‘qmi”, deb aytgan muxolifat yetakchisi.

Biroq Braun yaqin oylarda o‘zi egallayotgan lavozimlarni boshqalar bilan “bo‘lishishi” kutilmoqda.

Kuk orollari arxipelag va Yangi Zelandiya bilan erkin assotsiatsiyada bo‘lgan davlat hisoblanadi. Uning aholisi Yangi Zelandiya fuqaroligiga ega, davlat rahbari esa qirolicha Yelizaveta II hisoblanadi. Orollar rahbariyati barcha ichki ishlarni o‘zini nazorat qiladi, Yangi Zelandiya esa mudofaa va tashqi ishlar uchun javob beradi. Orollar tarkibiga 15 ta orol kiradi, ulardan 3 tasi kimsasiz hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kuk orollari bosh vaziri o‘zini 17 ta lavozimga tayinladi