19:13 / 13.10.2020
1 984

Singapur aviakompaniyasi pandemiya sababli ikkita samolyotni restoranga aylantirdi

Singapur aviakompaniyasi pandemiya sababli ikkita samolyotni restoranga aylantirdi
Foto: Esquire
Singapur aviakompaniyasi “Singapore Airlines” koronavirus pandemiyasi sababli ikkita Airbus A380 samolyotini restoranga aylantirdi. Tashrif uchun chiptalar sotuv boshlangandan keyin 30 daqiqa ichida sotilib ketdi, deb xabar bermoqda Esquire.

Samolyotlar Changi aeroportida ovqatlanish uchun 2020 yilning 24 va 25 oktabr kunlari ishlaydi. Kechki ovqat mehmonlarga qanchalik xizmat ko‘rsatilishiga qarab 39 dan 473 dollargacha tushishi mumkin.

Foto: Esquire
Shu bilan birga, “Singapore Airlines” mehmonlarga ikki xil spirtli ichimlikni bepul va bir necha turdagi boshqa ichimliklarni taklif etadi. Bundan tashqari, kechki ovqatdan avval aviakompaniya xodimlari xohlovchilar uchun samolyot bo‘ylab ekskursiya o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, restoran vazifasidagi samolyotning har biri yarmigacha to‘lishi rejalashtirilgan. Doimiy Airbus A380 reyslari aslida 471 nafar kishini qabul qila oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Singapur aviakompaniyasi pandemiya sababli ikkita samolyotni restoranga aylantirdi