3 229
Qirg‘iziston prezidenti parlamentning Japarovni bosh vazirlikka tayinlash to‘g‘risidagi qarorini noqonuniy deb topdi
Foto: president.kg
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakat parlamentining Sadir Japarov boshchiligidagi hukumat tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorini noqonuniy deb topdi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
"Kvorum ta’minlanmagan, kvorumsiz qabul qilingan qarorlar noqonuniy va yuridik kuchga ega emas deb topiladi. Shu sababli Qirg‘iziston prezidenti apparati taqdim etilgan hujjatlarni parlamentga qaytardi", - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 5 oktabr kuni Bishkekda hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi ikki partiya g‘olib chiqqan parlament saylovlari natijalariga qarshi namoyishlar boshlandi. Namoyishlar tartibsizliklar va politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. Bir necha yuz kishi jarohat oldi, bir kishi halok bo‘ldi.
6 oktabr kuni parlament a’zolarining bir qismi bosh vazirlikka Sadir Japarov nomzodini ma’qullab ovoz berdi.
10 oktabr kuni Qirg‘iziston parlamenti Sadir Japarov boshchiligidagi vazirlar mahkamasining yangi tarkibini tasdiqladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»