19:33 / 16.10.2020
2 558

Putin AQSH bilan yadroviy shartnomani «hech qanday shartlarsiz» uzaytirishni taklif qildi

Putin AQSH bilan yadroviy shartnomani «hech qanday shartlarsiz» uzaytirishni taklif qildi
Strategik hujum qurollarini cheklash to‘g‘risidagi shartnoma 2010 yilda o‘sha vaqtda Rossiya prezidenti bo‘lgan Dmitriy Medvedev va AQSH prezidenti bo‘lgan Barak Obama tomonidan imzolangan. Shartnoma 2011 yildan kuchga kirgan bo‘lib, 2021 yil 4 fevralgacha amal qiladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya va AQSH o‘rtasidagi Strategik hujum qurollarini cheklash to‘g‘risidagi shartnomani hech qanday shartlarsiz yana bir yilga uzaytirishni taklif qildi.

«Menda taklif bor, ya’ni mavjud muammolar bo‘yicha barcha yo‘nalishlarda mazmunli muzokaralar o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun shartnomani hech qanday shartlarsiz yana bir yilga uzaytirish», — dedi u Rossiya xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda.

Putinning izoh berishicha, bu Rossiya, AQSH va strategik barqarorlik saqlanib qolishidan manfaatdor barcha davlatlarni «mana shunday asosiy hujjatsiz qolishining» oldini oladi.

Mamlakat tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ma’lumot berishicha, Moskva shartnomani hech qanday shartlarsiz yana besh yilga uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishish uchun Vashington bilan muntazam muloqotda bo‘lib turibdi.

Putinning savoliga javob berarkan, u shartnoma muddati 4 fevralda tugashini hamda usiz Rossiya va AQSH «strategik barqarorlikni ushlab turishni ta’minlaydigan» vositasiz qolishini aytdi.

AQSH shartnomani ikki mamlakat yadro qurollarini vaqtincha muzlatish sharti bilan uzaytirishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Strategik hujum qurollarini cheklash to‘g‘risidagi shartnoma 2010 yilda o‘sha vaqtda Rossiya prezidenti bo‘lgan Dmitriy Medvedev va AQSH prezidenti bo‘lgan Barak Obama tomonidan imzolangan. Shartnoma 2011 yildan kuchga kirgan bo‘lib, 2021 yil 4 fevralgacha amal qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin AQSH bilan yadroviy shartnomani «hech qanday shartlarsiz» uzaytirishni taklif qildi