13:08 / 17.10.2020
1 981

Fransiya qat’iy karantin choralari sabab oyiga taxminan 20 mlrd yevro zarar ko‘rmoqda

Fransiya qat’iy karantin choralari sabab oyiga taxminan 20 mlrd yevro zarar ko‘rmoqda
Fransiyada COVID-19 epidemiyasi sabab joriy qilingan umumiy o‘z-o‘zini izolyatsiyalash tartibi davlatga, taxminan, 15 milliarddan 20 milliard yevrogacha zarar keltirmoqda. Shu sababli mamlakat iqtisodiyot vaziri Bruno Le Mer BFMTV telekanali orqali qilgan chiqishida karantin me’yorlarini yumshatish lozimligi haqida gapirdi, deb yozmoqda «Interfaks».

«Biz iloji boricha tezroq mamlakat miqyosidagi o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish tartibidan chiqishimiz kerak. Agar o‘zni yakkalash tartibini virus faol tarzda tarqalayotgan hududlarning o‘ziga nisbatan tatbiq etsak, oylik xarajatlar, taxminan, 5 milliardni tashkil qilishi mumkin. Fransiya miqyosida o‘zni yakkalash tartibining amalda bo‘lishi iqtisodiyot sektoriga oyiga, taxminan, 15-20 milliard yevroga tushadi», – degan Le Mer.

Shuningdek, u Fransiyada shu haftada joriy qilingan komendantlik soatining o‘zi davlat iqtisodiyotiga bir milliard yevroga aylanishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.

Fransiyada 16 oktabr kuni pandemiya boshlanganidan buyon bir sutka davomida qayd etilgan kasallanish holatlari soni 30 mingtadan oshdi. Oxirgi bir hafta ichida mamlakatda 6,5 mingdan ziyod fuqaro kasalxonalarga yotqizilgan, shundan 1750 nafar kishi tezkor davolash bo‘limlariga olingan. Fransiyada pandemiya boshidan beri 810 ming nafar odam koronavirusga chalingan, infeksiya asoratlari oqibatida vafot etganlar soni esa 33,1 ming nafarni tashkil qiladi.

17 oktabr kuni Parijdagi Il-de-Frans hududida va mamlakatning yana sakkizta shaharida komendantlik soati joriy qilinadi. Komendantlik soati kamida to‘rt hafta davom etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiya qat’iy karantin choralari sabab oyiga taxminan 20 mlrd yevro zarar ko‘rmoqda