19:17 / 17.10.2020
3 566

Ozarboyjon Ganji shahri o‘qqa tutilgani uchun Armanistonga qanday javob qaytarishini ma’lum qildi

Ozarboyjon Ganji shahri o‘qqa tutilgani uchun Armanistonga qanday javob qaytarishini ma’lum qildi
Avvalroq Ozarboyjon Armaniston va tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi qurolli kuchlari tomonidan Ganji shahrining o‘qqa tutilishi oqibatida o‘nlab tinch aholi vakillari halok bo‘lganini bildirgandi.

Ozarboyjon prezidentining yordamchisi Hikmat Gajiyev Boku Ganji shahrining o‘qqa tutilishiga javoban harbiy ob’ektlarni nishonga olishini aytdi.

Uning aniqlik kiritishicha, fuqaro ob’ektlari o‘qqa tutilmaydi.

"Ozarboyjon uchun fuqaro ob’ektlari va fuqarolar nishon hisoblanmaydi. Ozarboyjon faqat qonuniy harbiy nishonlarni o‘qqa tutadi. Bu Ozarboyjonning pozitsiyasi", – dedi Gajiyev.

Avvalroq Ozarboyjon Armaniston va tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi (TQR) qurolli kuchlari tomonidan Ganji shahrining o‘qqa tutilishi oqibatida o‘nlab tinch aholi vakillari halok bo‘lganini bildirgandi.

Mazkur hodisa yuzasidan Turkiya ham o‘z munosabatini bildirib, Armanistonni harbiy jinoyatlarda aybladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ozarboyjon Ganji shahri o‘qqa tutilgani uchun Armanistonga qanday javob qaytarishini ma’lum qildi