18:43 / 18.10.2020
2 441

Xitoyda muzlatilgan mahsulotlar o‘ramidan tirik koronavirus topildi

Xitoyda muzlatilgan mahsulotlar o‘ramidan tirik koronavirus topildi
Foto: Reuters
Xitoyda muzlatilgan mahsulotlar qadog‘i ustidan birinchi marta tirik koronavirus topildi. Bunday qadoqqa tegish natijasida esa odam virusni yuqtirishi mumkin, deb yozadi «RBK» Xitoy Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markaziga tayanib.

Mamlakat sharqidagi Sindao shahrida COVID-19 qaytadan avj olib ketishi sababini tekshirish chog‘ida mutaxassislar chetdan olib kelingan muzlatilgan treska balig‘i o‘rami ustida tirik koronavirusni topgan.

«Sindaoda muzlatilgan mahsulotlar o‘ramida tirik koronavirusning topilishi — yangi koronavirus muayyan sharoitlarda uzoq vaqt davomida o‘ramda saqlanishi mumkinligi laboratoriyadan tashqarida tasdiqlangan birinchi holatdir», — deya ma’lum qilishdi Xitoy Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazida.

Hozircha muzlatilgan mahsulotlarga tegish natijasida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq birorta ham holat qayd etilmagan. Bunday usulda yuqtirish xavfi mavjud, ammo u juda past.

Shu bilan birga, Xitoy Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi muzlatilgan mahsulotlar bilan ishlaydigan odamlarga ularga himoya vositasisiz tegmaslikni maslahat berdi. Shuningdek, ularga ish kiyimini yechib, qo‘lni yuvgunga qadar og‘iz, burun yoki ko‘zga qo‘l bilan tegmaslikni, shuningdek, COVID-19 testidan tez-tez o‘tib turishni tavsiya etishdi.

Avvalroq Xitoyda muzlatilgan mahsulotlar o‘ramida tirik virus emas, balki COVID-19 zarrachalari topilgan edi. Ular Xitoyning Anxoy provinsiyasida Ekvadordan kelgan krevetkalar qadog‘ida aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Sindao shahrida to‘rt kun ichida qariyb 10 millionta koronavirus testi o‘tkazildi va sog‘liqni saqlash bo‘yicha mahalliy komissiya raisi Sun Chjenxua lavozimidan ozod etildi. Shaharda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 12 ta yangi holat aniqlanganidan keyin shunday qarorga kelingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda muzlatilgan mahsulotlar o‘ramidan tirik koronavirus topildi