13:30 / 19.10.2020
2 887

Ovqatlanish payti koronavirus odamdan odamga qanday o‘tishi ko‘rsatib berildi (video)

Ovqatlanish payti koronavirus odamdan odamga qanday o‘tishi ko‘rsatib berildi (video)
Yaponiyalik tadqiqotchilar to‘rt kishi bir stol atrofida o‘tirib ovqatlanganida koronavirus qanday tarqalishi mumkinligini modellashtirishdi. Bu haqda «The Asahi Shimbun» xabar berdi.

RIKEN Hisoblash fanlari instituti markazi va Kobe universiteti olimlari tadqiqotida to‘rt odam birga ovqatlanganida ulardan biri koronavirusga chalingan bo‘lsa boshqalarga virus qanday yuqishi mumkinligi superkompyuterda tahlil qilindi.

Videodan ko‘rinib turibdiki, to‘rt kishi 60 kv. sm. (yapon oshxona va restoranlaridagi standart) maydonli stol atrofida o‘tiribdi. Ma’lum bo‘lishicha, kishi ro‘parasidagi insondan ko‘ra, yonidagi odamdan besh karra ko‘proq aerozol zarralarini qabul qilib oladi.

Suhbatdosh koronavirusga chalingan bo‘lsa ham virusni yuqtirib olish ehtimoli deyarli shunga teng. Gapirayotgan odam (koronavirusga chalingan) suhbatdoshiga burilib qaraganida patogen yuqishi xavfi yanada oshadi. Eng xavfsiz joy — diagonal: virusi bor odamga nisbatan shu nuqtada joylashgan kishiga havoga tarqalayotgan virusli aerozollarning to‘rtdan bir qismi ham yetib bormaydi.

Ushbu modellashtirish zarralarning uchuvchanligiga havoning namlik darajasi kuchli ta’sir o‘tkazishini ko‘rsatdi. Zarralar namlik 30 foizdan past bo‘lganida 60 foiz bo‘lganiga qaraganda ikki baravar uzoqqacha yetib boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ovqatlanish payti koronavirus odamdan odamga qanday o‘tishi ko‘rsatib berildi (video)