08:34 / 22.10.2020
3 435

Yahudiy eksperti: "Armaniston Ozarbayjonga tajovuz qilyapti!"

Yahudiy eksperti: "Armaniston Ozarbayjonga tajovuz qilyapti!"
Armaniston dunyo hamjamiyatini chalg‘itishga va javobgarlikdan qochishga urinmoqda, dedi dushanba kuni Trend nashriga bergan intervyusida isroillik ekspert, advokat va jamoat arbobi Natavan Rashidova-Katsman.

U Armanistonning ASALA terrorchilarini Tog‘li Qorabog‘dagi janglarda ishtirok etishiga izoh berar ekan: "Bu ajablanarli hol emas, Armanistonning butun dunyoda terrorizm bilan shug‘ullanayotgan terrorchilarni o‘z saflariga jalb qilishi, tinch aholiga qarshi terroristik harakatlarni amalga oshiruvchi kuchlar uchun odatiy holatdir", degan Katsman.

Unga ko‘ra, "arman asirligida jabr ko‘rganlarning guvohliklari arman jallodlari va ularning yordamchilarining hayvonlarcha tabiatini to‘liq ochib berishi mumkin".

"Ma’lumki, Armaniston terroristik guruhlardan foydalanib, g‘ayriinsoniy va shafqatsiz qotilliklarni amalga oshirdi. Ozarbayjon xalqi, arman yollanma askarlari tomonidan Qorabog‘ mojarosi boshlangan davrdan beri o‘ldirilgan Ozarbayjon aholisi – bolalar, ayollar, qariyalar haqida aytib berishlari mumkin. Arman bosqinchilari Qorabog‘dagi urushda terrorchilar kuchidan foydalanib, so‘ngra ularni o‘z milliy qahramonlari deb e’tirof etganlari to‘g‘risidagi ochiq e’tiroflari va bayonotlari mavjud" – deydi Katsman.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yollanma askarlarni jalb qilish nafaqat xalqaro huquqiy hujjatlar, balki dunyoning aksariyat davlatlarining ichki qonunlarida ham taqiqlangan.

Katsmanning ta’kidlashicha, Ozarbayjon Armaniston tomonida jang qilayotgan terroristlar haqida aniq daliliy hujjatlarga ega.
«Bundan tashqari, bir necha mamlakat razvedka xizmatlari mojaro zonasiga terrorchilar jalb qilinayotgani to‘g‘risida ochiq bayonotlar berishdi. Ya’ni, mojaro zonasida terrorchilar borligi haqiqatda tasdiqlandi. Armanistonning tutgan yo‘li xalqaro huquq me’yorlariga zid bo‘lishiga qaramasdan, armanlar o‘z qarorini o‘zgartirgani yo‘q», deydi u.

Katsman fikrlariga ko‘ra, Armaniston ko‘ngillilar guruhlari "mustaqil Arsax davlati"ga kelganliklarini rasman e’lon qilib, bu yerda xalqaro qonunlarning buzilishi yo‘q deya dunyo hamjamiyatini chalg‘itishga va javobgarlikdan qochishga harakat qilmoqda. "Ammo bu urinishlar ham muvaffaqiyatsiz tugaydi, bu bayonotlar asossiz va Armaniston rahbariyatining hiyla-nayranglariga yana bir dalildir. Ma’lumki, "Arsax respublikasi" yo‘q, Ozarbayjonning bosib olingan hududlarida yaratilgan qo‘g‘irchoq rejimini nafaqat butun dunyo, hatto Armaniston hukumati ham tan olmagani barchaga ma’lum".

Katsman bildirishicha, urush olib borish qonun-qoidalari to‘g‘risidagi xalqaro Gaaga konvensiyasining 3-moddasiga binoan, Armaniston ham pullik yollanma askarlar, ham noqonuniy «ko‘ngillilar»ning harakatlari uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi va Ozarbayjonga yetkazilgan zararni to‘liq qoplashi kerak.

"Ozarbayjon xalqaro huquq doirasida harakat qiladi. Ozarbayjon Armaniston jinoyatlariga qarshi xalqaro sudlarga tegishli murojaat yo‘llashdan tashqari, BMT mudofaasi ostida bo‘lish, tinch aholining xavfsizligi har qanday terroristik hujumlardan, har qanday bosqinchilik urinishlaridan himoyalanish huquqiga ega. Shuni ham ta’kidlash lozimki, har bir mustaqil davlat o‘z hududida yollanma ko‘ngillilarni to‘plash, o‘qitish, moliyalashtirish va mojaro zonasiga yollash nafaqat har bir davlat ichki qonunlari, xalqaro hujjatlar bilan ham ta’qiqlab qo‘yilgan. BMT Bosh assambleyasining 1974 yil 14 dekabrdagi 3314-sonli qaroriga muvofiq, Armaniston tutgan yo‘l Ozarbayjon tomoniga qaratilgan tajovuzi deb qabul qilish mumkin" deydi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yahudiy eksperti: "Armaniston Ozarbayjonga tajovuz qilyapti!"