13:34 / 23.10.2020
2 219

Tramp Baydenni Putindan 3,5 million dollar olishda aybladi

Tramp Baydenni Putindan 3,5 million dollar olishda aybladi
AQSH prezidenti Donald Tramp saylovoldi debatlarining yakuniy bosqichida saylovlar bo‘yicha raqibi Jo Bayden Rossiyadan prezident Vladimir Putin orqali 3,5 mln dollar olganini ta’kidladi. Tramp buni raqibi Moskvaning sobiq meri Yuriy Lujkov va uning rafiqasi bilan yaxshi munosabatlarda bo‘lgani bilan bog‘ladi.

Jo Rossiyadan 3,5 mln dollar olgan, bu pullar unga Putindan kelgan, chunki u Moskvaning sobiq meri, uning rafiqasi bilan yaxshi munosabatlarda bo‘lgan. Sen 3,5 mln dollar olgansan, sening oilang 3,5 mln dollar olgan. Bir kun kelib sen buni tushuntirishingga to‘g‘ri keladi”, deb aytgan Tramp. O‘z navbatida, Tramp Baydenning shu kabi ayblovlariga javoban Rossiyadan hech qachon pul olmaganini aytgan.

Demokratik partiyadan nomzod Bayden xorijiy davlatlardan pul olganini rad etmoqda. “Men birorta davlatdan penni ham olmaganman”, deb aytgan Bayden.

Avvalroq respublikachi senatorlar Jo Baydenning o‘g‘li Xanterning shubhali bitimlari haqida hisobot e’lon qilishgan. Unda Xanter xorijliklardan, jumladan Moskvaning sobiq meri Yuriy Lujkov va uning rafiqasi, Rossiyaning eng boy ayoli Yelena Baturinadan millionlab dollar olgani ta’kidlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Baydenni Putindan 3,5 million dollar olishda aybladi