18:34 / 23.10.2020
3 120

COVID-19ni o‘tkazgan ayol kasallikning g‘alati asoratlari haqida ma’lum qildi

COVID-19ni o‘tkazgan ayol kasallikning g‘alati asoratlari haqida ma’lum qildi
Foto: «0225.ru»
Aprel oyida COVID-19ni boshidan o‘tkazgan britaniyalik ayol kasallikning g‘alati asoratlari haqida so‘zlab berdi, deb yozadi «The Mirror» nashri.

Qayd etilishicha, Angliyaning Berkenxed shahrida istiqomat qiluvchi 32 yoshli Toni Frenkom yetti hafta reanimatsiyada yotgan. Biroq shifoxonadan chiqqandan keyin ham britaniyalik ayol g‘alati hidlarni his qilish davom etmoqda, shuningdek, o‘pkadagi og‘riq, yurak bilan bog‘liq muammolar, astma va surunkali charchoqdan qiynalmoqda.

Vaqti-vaqti bilan alomatlarning zo‘raygani bois shifoxonada davolanib chiqmoqda.
«Doimo nafasim siqadi, bir necha marta o‘pka infeksiyalari bilan kasallanib, shifoxonaga yotishga majbur bo‘ldim», — deydi bemor.

Frenkom COVIDning uzoq davom etuvchi shaklidan qiynalayotgan minglab britaniyaliklarning biri hisoblanadi. Yangi koronavirus infeksiyasining bu shakli uzoq va og‘ir kechadi. «Uzoq COVID» atamasi Buyuk Britaniya milliy sog‘liqni saqlash xizmati (NHS) tomonidan rasman tan olingan.

Toni Frenkom turmush o‘rtog‘i Peter, ikki nafar farzandi — yetti yoshli Roza va 12 yoshli Levis bilan birga

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » COVID-19ni o‘tkazgan ayol kasallikning g‘alati asoratlari haqida ma’lum qildi