AQSHning SpaceX kompaniyasi Starlink internet loyihasi doirasida 24 oktabrda Falcon 9 raketasida navbatdagi 60 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga chiqardi. Bu urinish kompaniyaning loyiha doirasida sun’iy yo‘ldoshlarni orbitaga 15-chiqarishi bo‘ldi.
Raketa Floridadagi kosmodromdan Toshkent vaqti bilan soat 20:31da start olgan. Bir soatdan keyin barcha sun’iy yo‘ldoshlar bir vaqtda orbitaga chiqarilgan.
Kompaniya loyiha doirasida sun’iy yo‘ldoshlarni orbitaga 2019 yil may oyidan chiqarishni boshlagan. Hammasi bo‘lib 12 mingta sun’iy yo‘ldoshni chiqarishga ruxsat olingan.
Ushbu urinishdan keyin kompaniyaning orbitaga chiqargan sun’iy yo‘ldoshlari soni 893taga yetdi, biroq ulardan 49tasi orbitadan chiqarilgan. Kompaniya joriy yil oxirigacha tizimni Kanada va AQSHning shimoliy hududlari uchun ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
Sentabr boshida SpaceX tizimni sinovdan o‘tkazgan. Kompaniyada ma’lum qilinishicha, sun’iy yo‘ldoshlar axborotning 100 Mbit/soniyadan yuqoriroq tezlik bilan yuklanishini ta’minlagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan