20:38 / 25.10.2020
2 071

Ispaniyada koronavirus sababli yana favqulodda holat e’lon qilindi

Ispaniyada koronavirus sababli yana favqulodda holat e’lon qilindi
Foto: EPA/Vostock-photo
Ispaniyada hukumat qarori bilan koronavirusga qarshi kurash chorasi sifatida favqulodda holat rejimi joriy qilindi. Dastlab ushbu rejim 15 kun amal qiladi. Agar mamlakat parlamenti hukumat taklifini qo‘llab-quvvatlasa, rejim yana yarim yilga uzaytirilishi mumkin.

Ushbu rejim bilan soat 23dan soat 6gacha komendantlik soati amal qilishi ko‘zda tutilgan, ijtimoiy aloqalarga cheklovlar kiritiladi, harakatlanish cheklanishi mumkin. Bundan tashqari, mahalliy hokimiyatlar komendantlik soati amal qilishi muddatini o‘zgartirishlari mumkin.

Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash uchun Kanar orollarigina ushbu rejimdan istisno bo‘ladi. Ispaniyada epidemiologik vaziyat yomonlashgani sababli ikkinchi marta favqulodda holat rejimi e’lon qilindi. Birinchi marta u 14 mart kunida kiritilgan va o‘shanda qat’iyroq choralar amal qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ispaniyada koronavirus sababli yana favqulodda holat e’lon qilindi