22:55 / 25.10.2020
4 664

Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida navbatdagi mojaro yuz bergani ma’lum qilindi

Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida navbatdagi mojaro yuz bergani ma’lum qilindi
Foto: AF
Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida navbatdagi mojaro yuz berdi. Dushanbening ta’kidlashicha, mojaro vaqtida qirg‘iz chegarachilari qurol qo‘llagan, ammo qurbonlar yo‘q.

Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara boshqarmasida ma’lum qilinishicha, mojaro 25 oktabrda Tojikistonning So‘g‘d viloyati Isfara tumanida joylashgan Xo‘jai-A’lo qishlog‘i aholisi eski quvurlarni almashtirayotganda yuz bergan.

Shunda qishloqqa 25-30 nafar qurollangan qirg‘iz chegarachisi kelib, tojik qishlog‘i aholisidan ishlarni to‘xtatishni talab qilgan. Chegarachilar ishlar olib borilayotgan hudud bahsli hudud hisoblanishini aytib, qishloq aholisi tomon o‘q uzgan.

Tojikiston tomoni bayonotida mojaro vaqtida mahalliy aholiga ziyon yetmagani va ushbu hudud Tojikiston hududi hisbolanishi ta’kidlab o‘tilgan.

Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi ushbu mojaroni Qirg‘iziston chegarachilarning “ikki davlat chegarasidagi vaziyatni chigallashtirishga” qaratilgan navbatdagi ig‘vosi deb baholagan. Ta’kidlanishicha, hozirda voqea joyidagi ishlar to‘xtatilgan, ikki davlat chegara xizmatlari mahalliy hokimiyat idoralari ishtirokida muzokaralar olib bormoqda.

Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasi 970 kmga yaqinni tashkil qiladi. Sobiq ittifoq parchalangandan keyin unda o‘nlab bahsli qismlar qolgan. Ikki yil avval ikki davlat chegarani delimitatsiyalash va demarkatsiyalash jarayonini boshlashgan va hozirda chegaraning 580 kilometri aniqlashtirib olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida navbatdagi mojaro yuz bergani ma’lum qilindi