17:13 / 26.10.2020
3 274

Pol Pogba Makronning islomga qarshi siyosatidan so‘ng Milliy jamoa libosini kiymasligini aytdi

Pol Pogba Makronning islomga qarshi siyosatidan so‘ng Milliy jamoa libosini kiymasligini aytdi
Angliya Premer-ligasi jamoalaridan biri “Manchester Yunayted” futbolchisi Pol Pogba futbol tarixidagi eng g‘ayrioddiy qarorlardan birini qabul qildi. Buyuk Britaniya matbuotidagi xabarlarga ko‘ra, futbol yulduzi bundan buyon Fransiya milliy jamoasida o‘ynamaydi. Bu qarorga sabab sifatida Fransiya Prezidenti Makronning Islomga oid shov-shuvli bayonotlari ko‘rsatilmoqda.

Emmanuel Makronning terrorizmni Islom bilan bog‘lagan so‘zlaridan keyin Fransiyada yashovchi musulmonlar norozilik bildira boshlashdi. Makron o‘zining shov-shuvli so‘zlarini aytishni to‘xtatmaganidan so‘ng, Fransiya futbol terma jamoasining futbolchilaridan biri Pol Pogba keskin qaror qabul qildi.

Angliya matbuotining The Sun gazetasida chop etilgan xabarga ko‘ra, Pogba Makronning Islom haqidagi bayonotlaridan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan. Ushbu masala bo‘yicha rasmiy xabar berilmagan bo‘lsada, Pogba navbatdagi milliy terma jamoa o‘yinida fransuz futbolkasini kiymasligi ta’kidlangan.

Yaqin Sharq matbuotidagi xabarlarda, Makronning Fransiyadagi terroristik hodisalarda Islomni ayblashga bo‘lgan munosabatidan so‘ng, Pogba ham o‘z mamlakatidagi musulmonlar nomidan yuqoridagi qarorni qabul qilganligi ta’kidlangan.

Musulmon futbolchi Pogba 2016 yilda “Yuventus” dan “Manchester Yunayted” ga 105 million yevro evaziga o‘tgan edi. Pogba 2018 yilda Fransiya terma jamoasi bilan Jahon chempionatida g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pol Pogba Makronning islomga qarshi siyosatidan so‘ng Milliy jamoa libosini kiymasligini aytdi