21:23 / 26.10.2020
2 556

Olimlar: qishda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashishi mumkin

Olimlar: qishda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashishi mumkin
Foto: «Forumdaily.com»
Amerikalik tadqiqotchilar qishda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat chuqurlashishidan xavotirda, deb yozadi «Nature».
Olimlarning ta’kidlashicha, infeksiyaning qaytadan tarqalishiga bir qancha omillar sabab bo‘ladi. Ta’kidlanishicha, yilning sovuq davrida havosi yaxshi aylanmaydigan xonalar qo‘shimcha xavf-xatarga olib keladi.

Sovuq va issiq havo, shuningdek, quyosh nurlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushmasligi COVID-19 yuqishining oshishiga xizmat qiluvchi yana bir omil sanaladi.

«Mazkur virusning yuksalish davri boshlanadi. Oldinda bizni mashaqqatli oylar kutmoqda», — dedi Kaliforniyadagi Stenford universiteti mikrobiologi Devid Relman.

Shuningdek, mutaxassislar qishda kasallik qaytadan tarqalishining oldini olish maqsadida qat’iyroq nazorat choralari talab etilishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar: qishda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashishi mumkin