Foto: Getty Images
Germaniyadagi Potsdam iqlim ta’sirini o‘rganish instituti xodimlari tog‘ muzliklari, Grenlandiya, G‘arbiy Antarktida va Arktika muzlari erishining iqlimga ta’sirini o‘rgandilar. Hozirda insoniyat va sanoat korxonalari havoning normadan 1,5°C daraja isishiga sabab bo‘lmoqda. Muzlarning erishi esa global iqlimni normadagidan yana 0,43°C darajaga isitib yuboradi. Eriyotgan muzliklarning beshdan bir qismi Arktika hissasiga to‘g‘ri keladi.
Arktika dengizi muzlari asrning o‘rtalarida yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Bu esa global isishni yanada tezlatadi. Hatto bu vaziyatda Xitoyning havodagi zaharni me’yorga keltirish bo‘yicha xatti-harakatlari ham ish bermay qoladi.
Foto: Getty Images
Muzlagan mintaqalarning erishi nega xavfli?
Oq muz quyosh energiyasining katta qismini qaytarib, iqlimni mo‘tadillashtirib turadi. Agar muzlik erib, o‘rnini oddiy suv egallasa, u quyoshdan keladigan issiqlikni qaytarolmaydi.
Grenlandiya va G‘arbiy Antarktida singari muz qatlamlari tiklanmaydigan erish nuqtasiga yetgan. Shunga qaramay, tadqiqotchilar insoniyat chiqindilarning dengizlarga oqimini jilovlasa, muzliklar bu darajada erishining oldi olinishi mumkin deb hisoblamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?