00:13 / 30.10.2020
2 238

AQSHda 48 yillik ayriliqdan so‘ng uchrashgan ota va bolaning ta’sirli videosi

AQSHda 48 yillik ayriliqdan so‘ng uchrashgan ota va bolaning ta’sirli videosi
Bundan 48 yil oldin ayrilgan ota va bola Pensilvaniya shtatidagi aeroportda qayta topishdi. Ularning uchrashuvi tasvirlangan ta’sirli video UPI portalida e’lon qilingan.

Yuta shtatida yashovchi kichik Bill Patrik otasi bilan uchrashish uchun Garrisberg shahriga uchib kelgan. Ota va farzand o‘rtasidagi ayrilik bolakay besh yoshligida sodir bo‘lgan. «Adashmasam, 1973 yili, Pasxa bayramidan so‘ng, onam ikki nafar opam bilan meni olib ketib qoldi. Otam haqida faqatgina tug‘ilganligim to‘g‘risidagi sertifikatda yozilgan narsalarni bilaman», — deydi kichik Patrik.

Katta Patrikning ta’kidlashicha, u uzoq vaqt davomida farzandlarini qidirgan, biroq harakatlar samarasiz ketgan. Shuningdek, qidiruv ishlarida uning qarindoshlari ham qatnashgan. «Opam ham qidirishdi. Akam ham tirikligida yordam berishga urindi», — deydi u. Ikki yillar oldin opasi kichik Patrikning Facebook’dagi sahifasi orqali ularni topishga muvaffaq bo‘lgan.

Shundan so‘ng ota-bola masofadan turib muloqot qila boshlagan, 2020 yilda esa nihoyat uchrashishdi. «O‘zimga o‘zim hissiyotlarga berilmaslikni uqtirib keldim, ammo uddalay olmadim», — deydi o‘g‘il.

Ota va bolaning o‘xshash jihatlari ko‘pligi ma’lum bo‘ldi. Xususan, ikkisining ham oila qurganiga 31 yil bo‘lgan. Katta Patrik to‘rt nafar nabirasi va beshta chevarasi borligidan xabar topdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda 48 yillik ayriliqdan so‘ng uchrashgan ota va bolaning ta’sirli videosi