11:00 / 31.10.2020
663

Shvetsiya koronavirusga ommaviy immunitet shakllanadigan birinchi davlatga aylanishi mumkin

Shvetsiya koronavirusga ommaviy immunitet shakllanadigan birinchi davlatga aylanishi mumkin
Foto: Christoph Hardt
Rossiyalik immunolog Vladislav Jemchugovning ta’kidlashicha, Shvetsiyada koronavirusga chalinganlar haqiqatan ham ko‘p, biroq shunga qaramay, infeksiyadan vafot etganlar kam.

Fikrimcha, Shvetsiya aholisining 60-70 foizi koronavirusga immunitet hosil qiladigan birinchi davlat bo‘ladi. U yerda deyarli hamma kasallanishi sababli virusga chalinadigan odamning o‘zi qolmaydi”, deb ta’kidlab o‘tgan mutaxassis.

Jemchugovning aytishicha, bu Shvetsiyada virus “erkinlikka qo‘yib yuborilgani” va uni to‘xtatish uchun hech qanday cheklovlar yo‘qligi evaziga yuz beradi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, bu usul o‘z tibbiyotiga ishonchi komil bo‘lgan va og‘ir bemorlarning hayotini saqlab qolish uchun zarur resurslarga ega davlat uchungina yaxshidir.

Immunologning fikricha, shundan keyin Shvetsiyada pandemiya yakun topadi, chunki 70 foiz aholi immunitetga ega bo‘lganda, infeksiya tarqalishi to‘xtaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)