Foto: «Consultancy.eu»
«Mercer» kompaniyasi dunyoning 39 mamlakati pensiya tizimi baholangan «Global Pension Index 2020» reytingini taqdim etdi. Reyting yetakchisi — Niderlandiya, Daniya — ikkinchi, uchinchi o‘rinda — Isroil. Bu haqda «Yevropuls» xabar berdi.
Pensiya tizimlarini baholash uchun uch guruhga ajratilgan 50 dan ortiq ko‘rsatkichlardan foydalanilgan: yetarlilik (pensiya yashash uchun yetish-yetmasligi), barqarorlik (mamlakatning demografik va iqtisodiy xususiyatlaridan kelib chiqib, tizim qanchalik uzoq vaqt chidab berishi), yaxlitlik (pensiya tizimi va boshqa davlat dasturlarining o‘zaro bog‘liqligi).
Reytingga kiritilgan mamlakatlar orasida pensiya tizimi eng zaiflari — Tailand, Turkiya va Filippin. O‘zbekiston reytingda yo‘q.
Ushbu pensiya tizimlari reytingini «Mercer» xalqaro konsalting kompaniyasi Avstraliya moliyaviy tadqiqotlar markazi bilan hamkorlikda tuzib keladi. Asosiy maqsad — turli mamlakatlar pensiya tizimlarini xolis baholagan holda, hukumatlar uchun tavsiyalar ishlab chiqish.
Bu yilgi reyting bosh mavzusi koronavirus pandemiyasining turli mamalakatlar pensiya tizimlariga ta’sirini o‘rganish bo‘ldi. Tuzuvchilarga ko‘ra, karantin nafaqat hozirgi pensionerlar, balki yaqin yillarda pensiyaga chiquvchilar ta’minotiga ham jiddiy (salbiy) ta’sirini o‘tkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi