12:34 / 01.11.2020
2 979

Men karikaturalarni qo‘llab-quvvatlaganim yo‘q - Makron o‘zini noto‘g‘ri tushunishgani haqida gapirdi

Men karikaturalarni qo‘llab-quvvatlaganim yo‘q - Makron o‘zini noto‘g‘ri tushunishgani haqida gapirdi
Foto: Reuters
Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron Fransiya hukumatining 2015 yilda Charlie Hebdo jurnalida chop etilgan payg‘ambar karikaturalariga hech qanday aloqasi yo‘qligini va musulmonlarning bunday karikaturalar sababli kechirayotgan his-tuyg‘ularini tushunishini aytdi. U bu haqda Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Siyosatchining ta’kidlashicha, bu karikaturalarni Fransiya hukumatiga aloqasi bo‘lmagan mustaqil nashr chop etgan. “Bu hukumat loyihasi emas”, deb ta’kidlab o‘tgan Makron.

Fransiya prezidenti musulmonlarning payg‘ambarga karikaturalardan g‘azabga tushayotganlarini tushunishini va islom olamida Fransiyaga qarshi o‘tayotgan noroziliklar Parij yaqinida sodir etilgan teraktdan keyin aytgan so‘zlari noto‘g‘ri talqin etilgani sababli boshlanganini aytgan. “Odamlar buni go‘yoki men bu rasmlarni qo‘llab-quvvatlashimdek tushunishdi, biroq bunday emas”, deb aytgan Fransiya prezidenti.

Men bunday his-tuyg‘ularni tushunaman va hurmat qilaman. Biroq mening rolim nimadan iboratligini tushunishingiz kerak. U ikkita narsani ta’minlashi kerak: tartibni va hukuqlar himoyasini”, deb aytgan Makron va Fransiyada “erkin gapirish, yozish, fikrlash, rasm chizish” huquqini doim himoya qilishini qo‘shimcha qilgan.

16 oktabrda Parij yaqinidagi Koflan-Sent-Orion shahri kollejlaridan biri o‘qituvchisi, o‘z o‘quvchilariga Muhammad alayhissalomga karikaturalarni namoyish qilgan Samuel Pati o‘ldirilgandi. Uni o‘ldirishda chechen millatiga mansub 19 yoshli Abdulak Anzorov gumon qilinmoqda. Anzorov Twitter’da o‘qituvchini payg‘ambarni haqorat qilgani uchun “qatl etgani” haqida xabar qoldirgan.

Makron ushbu qotillikni “islom terrorchiligiga xos xatti-harakat” deb atab, “islom dini dunyo bo‘ylab inqiroz holatini boshdan kechirmoqda” deb aytgan. Makron bu bilan ISHID jihodchilari, vahobiylik va salafiylik kabi yo‘nalishlarni nazarda tutgan. «Biz dunyodagi barqarorlik va tinchlikka mos bo‘lmagan siyosiy Islomga ishonmaymiz», degan u.

Makronning bu so‘zlari ko‘plab davlatlarda musulmonlarning g‘azabiga sabab bo‘lgan. Ular Fransiya va Makronga qarshi noroziliklar bildira boshlashgan. Namoyishchilar Fransiya bayrog‘i va Makron suratlarini toptashgan. Bunday norozilik aksiyalari Pokiston, Livan, Turkiya, Falastin va boshqa ko‘plab davlatlarda bo‘lib o‘tdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Men karikaturalarni qo‘llab-quvvatlaganim yo‘q - Makron o‘zini noto‘g‘ri tushunishgani haqida gapirdi