14:50 / 01.11.2020
4 759

Yakubovich «Pole chudes»dagi eng g‘ayrioddiy sovg‘a haqida gapirdi

Yakubovich «Pole chudes»dagi eng g‘ayrioddiy sovg‘a haqida gapirdi
Foto:«AiF»
Rossiya televideniyasidagi «Pole chudes» shousi boshlovchisi Leonid Yakubovich loyiha tarixidagi eng qimmatbaho va g‘ayrioddiy sovg‘a hamda ishtirokchilar shouga olib keladigan sovg‘alar taqdiri haqida ma’lumot berdi.

Yakubovichning aytishicha, 1996 yilda u bir faxriydan Ikkinchi jahon urushida o‘q teshib o‘tgan sigaret qutisini olgan. O‘q uning yuragi yaqiniga kelib urilgan.

«Bu, ehtimol, hozirgacha bo‘lgan eng qimmat sovg‘adir», - degan Yakubovich.

Teleboshlovchining so‘zlariga ko‘ra, namoyishdan so‘ng u sigaret qutisini egasiga qaytarib bergan, chunki bu qadrdon sovg‘ani olib qolishni o‘ziga lozim qo‘rmagan.

Yakubovich dastur qatnashchilari tomonidan olib kelinadigan iste’mol qilish mumkin bo‘lgan sovg‘alar tomoshadan keyin tatib ko‘rish uchun barabanga qo‘yilishini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yakubovich «Pole chudes»dagi eng g‘ayrioddiy sovg‘a haqida gapirdi