18:45 / 01.11.2020
3 974

Xitoy aholisi hisoblab chiqiladi

Xitoy aholisi hisoblab chiqiladi
1 noyabrda Xitoy aholisining ro‘yxatga olinishi boshlandi. Ro‘yxatga olish mamlakat tarixida yettinchi marta o‘tkazilmoqda. Unda 7 mln kishi ishtirok etib, ulardan har biri 250ga yaqin kishini ro‘yxatga olish kerak bo‘ladi.

Ro‘yxatga olishda Xitoyning qit’adagi qismi hamda maxsus hududlari - Hongkong, Makao, Tayvan aholisi, xorijdagi xitoylik diplomatlar, talabalar, xizmat safaridagi xodimlar hamda Xitoyda yarim yildan ko‘proq yashayotgan xorijliklar hisobga olinadi.

Ro‘yxatga olish doirasida nafaqat Xitoy aholisi sonini aniqlash, balki mamlakatda qancha erkak va ayol borligini, aholining bandligi, ta’limi darajasi, yoshi haqida ma’lumotlar to‘plash rejalashtirilgan.

Aholini ro‘yxatga olish 10 dekabrgacha davom etadi.

Xitoyda aholini ro‘yxatga olish birinchi marta 1953 yilda o‘tkazilgan. O‘shanda Xitoy aholisi 600 mln kishidan ko‘proq chiqqan. So‘ngra 1964, 1982, 1990, 2000 va 2010 yillarda ham ro‘yxatga olish o‘tkazilgan.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy aholisi hozirda 1,4 mlrd kishidan oshgan. Bunda mamlakatning maxsus hududlari - Tayvan, Hongkong va Makaodagi aholisi hisobga olinmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy aholisi hisoblab chiqiladi