21:30 / 01.11.2020
4 038

Olimlar faqat erkaklar chalinadigan yangi kasallikni aniqlashdi

Olimlar faqat erkaklar chalinadigan yangi kasallikni aniqlashdi
Foto: Depositphotos
Amerikalik olimlar faqat erkaklar chalinadigan va o‘limga olib keluvchi yangi kasallikni aniqlashdi. Kasallik VEXAS deb nomlandi. U tromblar hosil bo‘lishi bilan kechadi hamda 40 foiz holatlarda bemorlarning o‘limiga olib kelishi mumkin.

VEXAS sindromi autoimmun yallig‘lanish, bezgak, tromblarning faol hosil bo‘lishi hamda o‘pka to‘qimasining yallig‘lanishi bilan namoyon bo‘ladi.

Olimlar ushbu kasallikka chalinganlarning UBA1 genlarida somatik mutatsiyalarni aniqlashgan. Bunday sindromga uchragan bemorlarga birorta davolash usuli ta’sir ko‘rsatmaydi.

Mutatsiyalar gemopoetik hujayralarning yarmidan ko‘pida, jumladan qonning miyeloid hujayralarida aniqlangan”, deyilgan tadqiqotda.

Olimlarning ta’kidlashicha, ushbu kasallik avval katta yoshlilarda bir-biri bilan bog‘lanmagan deb hisoblangan yallig‘lanish sindromlarini birlashtiradi. Bunday kasallikka ega 50 bemor aniqlangan, biroq aslida ular ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Olimlar kasallikning faqat erkaklarda uchrashining taxminlaridan biri sifatida mutatsiyalarning X-xromosoma bilan bog‘langanini aytishmoqda. Erkaklarda bu xromosomalar bitta, ayollarda esa ikkita bo‘ladi. Olimlarning fikricha, ayollardagi ikkinchi X-xromosoma ayollarni bu mutatsiyalardan qandaydir tarzda himoyalaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar faqat erkaklar chalinadigan yangi kasallikni aniqlashdi