11:53 / 02.11.2020
1 750

Olimlar ko‘zoynak taqqan insonlar koronavirusga kamroq chalinishini tasdiqlashdi

Olimlar ko‘zoynak taqqan insonlar koronavirusga kamroq chalinishini tasdiqlashdi
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ko‘zoynak taqadigan odamlarlarda yangi koronavirusga chalinish ehtimoli ancha kam ekan. Bu haqda OpenBio forumi maydonida biologiya fanlari doktori, Rossiyaning Novosibirsk davlat universiteti bionanotexnologiya, mikrobiologiya va virusologiya laboratoriyasi rahbari Sergey Netesov ma’lum qildi. Uning aytishicha, xitoylik olimlar ham o‘rganishlari davomida xuddi shunday xulosaga kelishgan. Uning fikrlarini "Rossiyskaya gazeta" nashri keltirib o‘tdi.

— Xitoyda ham shu bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot ko‘zoynak taqadigan odamlar koronavirusga boshqalarga nisbatan besh marotaba kam chalinishini ko‘rsatdi, — deydi Netesov. — Ushbu davlatda bu juda aniq namoyon bo‘ladi. Chunki u yerda kontakt linzalarni kam taqishsa-da, lekin ko‘rish qobiliyatida muammosi bo‘lgan insonlarning 80 foizidan ziyodi ko‘zoynak taqadi. Bemorlarning bor-yo‘g‘i o‘n foizini esa ko‘zoynak taqadiganlar tashkil etgan.

Ayni chog‘da rossiyalik olim niqobda yurishni ham qat’iy tavsiya qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, virusni yuqtirishning asosiy yo‘llari burun va ko‘zning shilliq pardalari hisoblanadi. Shunday ekan, burnini berkitmasdan niqob kiygan odam xuddi niqobsiz yurgan bilan bir xil hisoblanadi. Hidni yo‘qotish birinchi navbatda infeksiya burun orqali yuqqanini ko‘rsatadi. Bu esa eng keng tarqalgan alomatlardan biridir.

Olimning qat’iy ta’kidlashicha, niqoblarni hamma, ayniqsa, keksalar taqishi shart. Boz ustiga, koronavirus tashuvchisi o‘zi shunday ekanligini bilmaydi. Niqob shu tarafdan ham zarurdir.

— Yuqtirgan odam virusni birinchi alomatlari paydo bo‘lishidan oldin uni tashishni boshlaydi. U yo‘talmaydi, isitmasi yo‘q, kasal ekanligini bilmaydi, ammo ikki kun davomida virusni tashib yuraveradi. Agar u niqobsiz yursa, boshqalarga ham yuqtiradi — deydi Sergey Netesov. — Hatto oddiy niqoblar ham qabul qilinayotgan virus dozasini yuzlab marta kamaytiradi. Bu o‘z tasdig‘ini topgan. Niqob bemor odamdan chiqayotgan havoni kuchli filtrlaydi. Agar ikki kishi niqob taqsa, u holda biridan ikkinchisiga infeksiyani yuqtirish ehtimoli minglab marta kamayadi.

Ekspert, shuningdek, xitoylik mutaxassislar virus inson terisida 12 soatgacha yashashini isbotlashgani haqida ham aytib o‘tdi. Shuning uchun qo‘lni yuvib yurish juda muhim profilaktik chora hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar ko‘zoynak taqqan insonlar koronavirusga kamroq chalinishini tasdiqlashdi