11:30 / 03.11.2020
3 342

Ayollar kushandasining dahshatli iqrori — Janubiy Koreya

Ayollar kushandasining dahshatli iqrori — Janubiy Koreya
Foto: «Nbcnews.com»
Dushanba kuni Janubiy Koreyada 10 nafar ayol qotilligida gumon qilingan shaxs sudda aybiga iqror bo‘ldi, deya xabar berdi «Ryonxap» agentligi.

1986 — 1991 yillarda mamlakat janubidagi Xvason shahrida bir qancha qotilliklar sodir etilgan. 1988 yilda 13 yoshli qizni o‘ldirgani uchun Yon ismli erkak umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. U muddatidan oldin ozod qilinib, ishni qaytadan ko‘rib chiqishlariga muvaffaq bo‘ldi.

Dushanba kuni bo‘lib o‘tgan sud jarayonida 57 yoshli Li Chun Chje ham ishtirok etdi. U 2019 yildayoq qotilligini tan olgandi, biroq ilk bor jamoat oldida nutq so‘zladi. Li Chun Chjening o‘zi ham 1994 yilda akasining turmush o‘rtog‘ini zo‘rlab, o‘ldirgani uchun umrbod qamoq jazosini o‘tayotgandi. Sud majlisida u 14 nafar ayolni o‘ldirganini tan oldi.

«Haqiqiy jinoyatchi — bu men. Men amalga oshirgan qotillikda yanglishib ayblangan janob Yondan chin dildan kechirim so‘rayman», — deya e’lon qildi qotillikda gumon qilinayotgan shaxs. U hech qachon dalillarni yashirishga urinmagani, lekin negadir tergov jarayonida gumonlanuvchilar ro‘yxatiga kiritilmaganini haligacha tushunolmayotganini bildirdi. Politsiyachilar o‘tgan yili DNK ekspertizalaridan so‘ng Li Chun Chjeni qotilliklarning ayrimlari bilan aloqasi borligini aniqlashdi.

Ta’kidlanishicha, Li Chun Chje aybiga iqror bo‘lgani uchun yangi sud jarayonlariga tortilmaydi. Ustiga-ustak, jinoyat uchun da’vo muddati ham allaqachon o‘tib ketganligi aytilmoqda.

Xvason qotilliklari Janubiy Koreyada eng katta jinoiy ishga aylandi: tergov jarayonlariga qariyb ikki million soat sarflangan, gumonlanuvchilar ro‘yxatida 21 ming kishi qayd etilgan.

Xvasonda sodir etilgan jinoyatlar 2019 yilda «Parazitlar» dramasi uchun to‘rtta «Oskar» mukofotiga sazovor bo‘lgan rejissyor Pon Chjun Xoning «Qotillik xotiralari» (2003) filmiga asos bo‘ldi. Ikkala filmda ham bosh rollarni aktyor Son Kan Xo ijro etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ayollar kushandasining dahshatli iqrori — Janubiy Koreya