15:11 / 03.11.2020
1 958

Niderlandiyada metro poyezdi avariyadan keyin «Kitlarning dumlari» deb ataluvchi haykalda turib qoldi (foto)

Niderlandiyada metro poyezdi avariyadan keyin «Kitlarning dumlari» deb ataluvchi haykalda turib qoldi (foto)
Foto: AFP
Niderlandiyada Rotterdamdan shahar tashqarisiga chiqishda metro poyezdi mashinist boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida stansiyadagi to‘siqlardan o‘tib, kanaldan 10 metr balandlikda kitlarning dumlari aks etgan ulkan haykallarda turib qoldi. Bu haqda Dutch News xabar bergan.

Voqea 2 noyabr kuni Speykenisse shahridagi eng so‘nggi De Akkers bekatida yuz bergan. Poyezd ichida yolg‘iz mashinistning o‘zi bo‘lgan. Unga jarohat yetmagan va erkak poyezd ichidan sog‘-salomat chiqib olgan.

Endi temir yo‘lning ushbu qismiga javobgar operator-kompaniya tomonidan poyezdni xavfsiz tarzda stansiyaga qaytarish bo‘yicha texnik ishlar amalga oshiriladi.

«Kitlarning dumlari» – poliestr haykaltarosh Marten Streysning asari hisoblanadi. Haykallar 2002 yilda kanalga o‘rnatilgan.

Foto: EPA

Foto: Telegraaf

Foto: Telegraaf

Foto: Telegraaf

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Niderlandiyada metro poyezdi avariyadan keyin «Kitlarning dumlari» deb ataluvchi haykalda turib qoldi (foto)