21:16 / 03.11.2020
2 654

Qirg‘iziston IIV va milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbarlari qidiruvga berildi

Qirg‘iziston IIV va milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbarlari qidiruvga berildi
Foto: Busurmankul Tabaldiyev
Qirg‘izistonning sobiq ichki ishlar vaziri Kashkar Junushaliyev va milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq raisi Orozbek Opumbayevga nisbatan 5-6 oktbyar kunlari yuz bergan tartibsizliklar to‘g‘risidagi ish doirasida umumrespublika qidiruvi e’lon qilindi. Bu haqda mamlakat prezidenti apparati vakili Nurgazi Anarkulov ma’lum qildi.

"Gap birinchi navbatda ularning tartibsizliklar vaqtida o‘z joylarini tashlab ketishgani to‘g‘risida bormoqda", - dedi Anarkulov.

Qirg‘izistonda 4 oktabr kuni o‘tkazilgan parlament saylovlaridan so‘ng Bishkekda ovoz berish natijalaridan norozi bo‘lganlar boshlagan mitinglar tartibsizliklarga aylanib ketdi. 5 oktabr kuni tartibsizliklar vaqtida ichki ishlar vaziri Junushaliyev va milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Opumbayev o‘z ish joylarini tark etishdi va ishga qaytishmadi.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumot berishicha, Bishkekdagi tartibsizliklar davomida mingdan ortiq kishi jarohatlangan, bir kishi halok bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston IIV va milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbarlari qidiruvga berildi