13:12 / 04.11.2020
1 962

Kanada keyingi uch yil davomida 1,2 milliondan ko‘proq muhojir qabul qiladi

Kanada keyingi uch yil davomida 1,2 milliondan ko‘proq muhojir qabul qiladi
Foto: «Ukrinform»
Kanada keyingi uch yil davomida 1,2 milliondan ko‘proq muhojirni qabul qiladi. Bu haqda mamlakat immigratsiya vaziri Marko Mendichinoga tayanib, «Knopka.ca» xabar berdi.

2021 yilda Kanada — 401 ming, 2022 yilda — 411 ming, 2023 yilda esa 421 ming muhojirni qabul qiladi.

Mendichinoning ma’lum qilishicha, immigratsiya koronavirus sabab yuzaga kelgan inqiroz oqibatlarini bartaraf etish uchun zarur. Kanada birdaniga 400 mingdan ortiq muhojirni 1913 yilda qabul qilgan. Keyingi uch yil davomida Kanada fuqarolari yoki doimiy istiqomat qiluvchilarning qarindoshlari bo‘lgan iqtisodiy muhojirlar va qochoqlarni qabul qiladi.

2020 yilda hukumat 341 ming muhojirni qabul qilish niyatida edi. Avgust holatiga ko‘ra, Kanadaga 128 ming kishi ko‘chib o‘tgan. Mandichinoning so‘zlariga ko‘ra, hukumat muhojirlarning Kanadada yashashini ta’minlovchi ruxsatni berish jarayonini tezlashtirishni ko‘rib chiqadi.

Ma’lumot uchun, Kanadadagi bizneslarning 33 foiziga muhojirlar egalik qiladi, shuningdek, jamoat sog‘lig‘ini saqlash sohasi xodimlarining 25 foizi ham muhojirlar.

Kvebek hukumati 27 oktabr kuni uchta yangi immigratsion dastur ishga tushirilganini ma’lum qilgan. Dasturlar sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat sanoati hamda axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohasidagi mutaxassis va ishchilarni jalb etish va ularni olib qolishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning aprel oyida prezident Donald Tramp AQSHga keluvchi migrantlar oqimini to‘xtatish haqidagi qarorni imzolagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mamlakat iqtisodiyoti o‘sishni boshlaganida jamiyatning barcha qatlamlaridagi ishsiz amerikaliklar birinchi bo‘lib bo‘sh ish o‘rniga da’vogarlik qilishini kafolatlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kanada keyingi uch yil davomida 1,2 milliondan ko‘proq muhojir qabul qiladi