19:13 / 04.11.2020
1 842

Qozog‘istonda koronavirusga qayta chalinish holati qayd etildi

Qozog‘istonda koronavirusga qayta chalinish holati qayd etildi
Foto: «Ratel.kz»
Qozog‘istonda ham koronavirusga qayta chalinish holati qayd etildi, deya xabar berdi G‘arbiy Qozog‘iston viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Gulnora Abdurahmonova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bemor ilk bor aprel oyida yangi turdagi infeksiyani yuqtirib olgandi. «Ikkinchi marta zararlanish avgust oyida sodir bo‘ldi. Ikkala safar ham bemor statsionar sharoitida davolangan», — deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi «Tengrinews.kz» portali.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda butun pandemiya davomida 150 mingta koronavirus holati aniqlangan bo‘lib, ulardan 2,2 ming nafari infeksiya asoratlari natijasida hayotdan ko‘z yumdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda koronavirusga qayta chalinish holati qayd etildi