12:00 / 05.11.2020
2 218

AQSH prezidentligi saylovida 120 yil ichidagi saylovchilarning eng yuqori faolligi qayd etildi

AQSH prezidentligi saylovida 120 yil ichidagi saylovchilarning eng yuqori faolligi qayd etildi
Foto: The Hill
AQSHda 2020 yilda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovi 120 yil ichida eng ko‘p saylovchini o‘ziga jalb qildi. Bu haqda United States Election Project loyihasining dastlabki ma’lumotlariga tayanib, «Interfaks» xabar berdi.

«Bunday holat har doim ham sodir bo‘lavermaydi. 2020 yildagi prezidentlik saylovida 120 yil ichidagi eng yuqori faollik qayd etildi», — deya ma’lum qilgan Florida universitetining siyosatshunoslik bo‘yicha professori va loyihaga rahbarlik qiluvchi Maykl MakDonald.

Uning ma’lum qilishicha, 4 noyabr kuni ertalab olingan ma’lumotlarga ko‘ra, saylovda 160 million kishi ishtirok etgan va bu saylovchilarning 66,9 foizini tashkil qilgan. 1900 yilda saylovchilarning 73,7 foizi ovoz berishda ishtirok etgan.

MakDonaldning tushuntirishicha, ovozlarni sanash jarayoni davom etmoqda va saylovchilarning ishtiroki bo‘yicha ma’lumotlar o‘zgarishi mumkin.

AQSHda prezidentlik saylovi 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi, ayni paytda ovozlarni sanash jarayoni ketmoqda. Amaldagi davlat rahbari, respublikachi Donald Tramp qayta saylanishga umid qilmoqda. Uning raqibi esa demokrat Jo Bayden hisoblanadi.

AQSHda prezidentlik saylovi ikki darajali tizimda o‘tkaziladi. Umumxalq ovoz berishidan keyin 50 ta shtatning har biridan va Kolumbiya okrugidan saylovchilar jamoasining ovoz berishi bo‘lib o‘tadi. Saylovchilar jamoalari ularning shtatlarida saylovchilar kimga eng ko‘p ovoz berganiga muvofiq ravishda ovoz beradi. Saylovda g‘olib chiqish uchun nomzodlardan biri saylovchilarning kamida 270 ta ovozini olishi kerak.

Fox News’ning hisob-kitoblariga ko‘ra, Bayden hozircha 238 nafar saylovchi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, Tramp esa 213 ta ovoz olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH prezidentligi saylovida 120 yil ichidagi saylovchilarning eng yuqori faolligi qayd etildi