12:03 / 06.11.2020
2 264

Sadir Japarov Qirg‘izistonning Xitoy oldidagi qarzini so‘ndirish uchun mablag‘ yig‘ish maqsadida maxsus hisob raqam ochilishini aytdi

Sadir Japarov Qirg‘izistonning Xitoy oldidagi qarzini so‘ndirish uchun mablag‘ yig‘ish maqsadida maxsus hisob raqam ochilishini aytdi
Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati
Qirg‘izistonda bosh vazir vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov Xitoy oldidagi qarzni so‘ndirish uchun mablag‘ yig‘ish maqsadida maxsus hisob raqam ochilishini ma’lum qildi. Bu haqda Sadir Japarov Jalolobod viloyatidagi bir qator qishloqlar aholisi bilan uchrashuv vaqtida katta qismi Xitoyning hissasiga to‘g‘ri keladigan tashqi qarzga xizmat ko‘rsatish masalasida berilgan savolgan javoban gapirgan, deb xabar bermoqda Asia Plus.

«Menga ishonadigan migrantlar, shuningdek, xususiy tadbirkorlar Xitoyning qarzini so‘ndirish uchun maxsus hisob raqam ochmoqda. Ikki-uch kun ichida masala hal bo‘ladi. Biz hisob raqamning shaffofligini ta’minlaymiz», — deya ma’lum qilgan Japarov.

Japarov avvalroq boshqa tumanlar aholisi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mamlakatning ichki resurslari davlat qarziga xizmat ko‘rsatish uchun yetarli ekanligini aytgan.

Xitoy oldidagi davlat qarzini so‘ndirish uchun mablag‘ yig‘ish bo‘yicha kampaniya boshlashni oktabr oyida parlament deputati va «Ayollar kengashi» jamoat birlashmasi raisi Aynuru Altibayeva taklif qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ularning birlashmasi pul yig‘maydi, faqat bu jarayonning boshlanishi uchun sharoit yaratadi.

«Hozir tayyorgarlik tadbirlari ketmoqda, davlat bankida hisob raqam ochish shartlari kelishilgan. Moliya vaziri bilan muhokamalardan keyin idora hisobraqam ochish ustida ishlamoqda. Barcha to‘lovlar saytda ko‘rsatiladi, barchasi shaffof bo‘ladi», — deya ma’lum qilgan Altibayeva.

Qirg‘iziston Moliya vazirligining 2020 yil 30 iyuldagi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning tashqi qarzi 4,16 milliard dollarni tashkil qiladi, shundan 1,77 milliard dollari Xitoy «Eksimbank»i tomonidan berilgan kreditlar hisoblanadi.

Tashqi qarzni to‘lash uchun mablag‘ yig‘ish bo‘yicha milliy kampaniyaning e’lon qilinishi Qirg‘izistonda birinchi marta yuz bermayapti. 2018 yilda o‘sha paytdagi bosh vazir Muhammadkaliy Abilg‘oziyev maxsus hisobraqam ochishni va unga tashqi qarzni to‘lash uchun davlatga yordam berishni istovchilar mablag‘ o‘tkazishi mumkinligini taklif qilgan. Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev bosh vazirlik lavozimida ishlagan 2007 yilda ana shunday maxsus hisobraqam ochgan. Besh yil ichida mazkur hisobraqamda 20 ming dollardan ko‘proq mablag‘ to‘plangan. To‘plangan mablag‘lar Qirg‘iziston Milliy banki tomonidan Moliya vazirligiga o‘tkazib berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sadir Japarov Qirg‘izistonning Xitoy oldidagi qarzini so‘ndirish uchun mablag‘ yig‘ish maqsadida maxsus hisob raqam ochilishini aytdi