21:17 / 06.11.2020
2 249

Bayden hal qiluvchi ahamiyatga ega shtatda ildamlab ketdi — bu Trampga qimmatga tushishi mumkin

Bayden hal qiluvchi ahamiyatga ega shtatda ildamlab ketdi — bu Trampga qimmatga tushishi mumkin
Foto: «Scoopnest.com»
Demokratlar partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzod Jo Bayden uzoq vaqtdan beri Donald Tramp yetakchilik qilib kelayotgan Jorjiya shtatida ildamlab ketdi, deya xabar berdi «Fox News» telekanali.

Byulletenlarning 99 foizini hisoblash natijalariga ko‘ra, Bayden 49,39, Tramp esa 49,37 foiz ovoz to‘plagan. O‘rtadagi farq 917 ta ovozni tashkil etmoqda.

Jorjiya — prezident saylovlari natijasini belgilab berishi mumkin bo‘lgan to‘rtta shtatdan biri. Ushbu shtatdagi g‘alaba nomzodga 16 ta ovoz beradi. Hozircha Bayden 264 ta, Trampda esa 214 ovoz bor. Jami 270 ta ovoz to‘plash kerak.

Uchta shtat qoldi — Pensilvaniya (20 saylovchi), Shimoliy Karolina (15) va Nevada (6). Nevada byulletenlarni 10 noyabrgacha qabul qilishini ma’lum qildi.

Tramp esa ovozlarni hisoblashni to‘xtatishni bir necha marta talab qilib chiqdi. Oq uy rahbari saylov kunidan keyin to‘plangan ovozlarni noqonuniy hisoblaydi. Jumladan, Jorjiyada amaldagi prezident shtabi saylov komissiyasiga bunday byulletenlarni hisoblash va saqlash to‘g‘risidagi qonunga amal qilishni talab qildi.

AQSHda prezident saylovlari 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi, biroq ularning natijasi haligacha yakuniga yetmadi. Bu koronavirus pandemiyasi tufayli ko‘pgina saylovchilar byulletenlarni oddiy pochta orqali yuborib muddatidan oldin ovoz berishi bilan bog‘liq. Tramp bunda «korrupsiya va firibgarlik»ni ko‘rmoqda va demokratlarni «ovozlarni o‘g‘irlashga» urinishda ayblamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden hal qiluvchi ahamiyatga ega shtatda ildamlab ketdi — bu Trampga qimmatga tushishi mumkin