00:01 / 07.11.2020
2 771

Xalqaro tashkilot hozirdanoq yangi pandemiyaga tayyorlanishga chaqirmoqda

Xalqaro tashkilot hozirdanoq yangi pandemiyaga tayyorlanishga chaqirmoqda
Foto: «Mir 24»
Jahon hamjamiyati yangi pandemiyaga tayyorlanishni hozirdanoq boshlashi kerak. Ushbu xabar Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 73-sessiyasi arafasida JSST saytida e’lon qilindi.

«Joriy yilda favqulodda vaziyatlarga tayyorligi jihatidan kuchli infratuzilmaga ega mamlakatlar SARC-CoV-2 virusining oldini olish va tarqalishini nazorat qilishda tezkor chora ko‘rishga qodirligini ko‘rdik», — deyiladi xabarda.

Yangi pandemiyaga tayyorgarlik JSSTning navbatdagi sessiyasida asosiy masalalardan biri bo‘ladi. Tashkilot barcha mamlakatlarni ushbu muammoga jiddiy e’tibor berishga chaqirib, rezolyutsiya qabul qilishni rejalashtirmoqda. JSST davlatlarni shifokorlarni tegishli mukofot bilan ta’minlashga, shuningdek, shifoxonalarni zamonaviy texnika bilan jihozlashga da’vat etadi.

JSST jahon hamjamiyati «ilm-fan va birdamlik kuchi bilan» COVID-19ni yengishga qodir ekanligiga ishonchi komil.

«Ko‘pgina davlat va shaharlar keng qamrovli va dalillarga asoslangan yondashuv bilan infeksiya yuqishini nazorat ostiga olib, uni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lishdi. Dunyo vaksinalar, tashxislash va muolaja vositalarini ishlab chiqarishni jadallashtirish borasida birlashdi», — deya ta’kidlanadi xabarda.

JSST, shuningdek, 9 — 14 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan forumning kun tartibini bayon qildi. Unda immunizatsiya, keksalar sog‘lig‘ini yaxshilash, sil va grippga qarshi kurashish, shuningdek, «unutilgan» tropik kasalliklarga qarshi kurashishning 10 yillik rejasi, meningit, epilepsiya va boshqa nevrologik kasalliklar, onalar va bolalarning ovqatlanish masalalari muhokama qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xalqaro tashkilot hozirdanoq yangi pandemiyaga tayyorlanishga chaqirmoqda