07:00 / 08.11.2020
2 738

Xitoyda Qora pantera laqabli it mashina urib yuborgan mushukni sudrab, yo‘l chetiga olib o‘tdi

Xitoyda Qora pantera laqabli it mashina urib yuborgan mushukni sudrab, yo‘l chetiga olib o‘tdi
Foto: Daily Mail
Xitoyning Sichuan provinsiyasidagi Guanyuan shahrida yashovchi it mashinalar yurishdan to‘xtamayotgan bir vaqtda, yo‘l o‘rtasida o‘lik holda yotgan mushukni uyg‘otishga urindi va uni sudrab, yo‘l chetiga olib o‘tdi. Bu haqda Daily Mail xabar beradi.

Ma’lum qilinishicha, 28 oktabr kuni Qora pantera laqabli it mashina mushukni urib yuborganini ko‘rgan. Shundan keyin yo‘l o‘rtasida yotgan mushuk yoniga borib, panjalari bilan uni uyg‘otishga harakat qilgan. Qimirlamaganidan keyin tishlari va old panjalari bilan o‘lik mushukni yo‘l chetiga sudrab olib o‘tgan. Itning ushbu xatti-harakatlari aks etgan video voqeaga guvoh bo‘lgan fuqaro tomonidan Tik Tok’ning xitoycha versiyasi Douyin’ga joylangan.

Egasi itining ushbu xatti-harakati haqida tarmoqqa yuklangan videoni tomosha qilganidan keyingina bilgan. U o‘sha payt iti o‘zi bilan sayr qilib yurganini bildirib, videoni tomosha qilganidan keyin u bilan birga voqea joyiga borgani, ammo ko‘cha tozalovchilar allaqachon mushukni ko‘mib bo‘lgani haqida xabar topganini qo‘shimcha qilgan.

It egasining aytishicha, voqea yuz berganidan beri Qora pantera har gal sayrga chiqqanida mushuk do‘stini qidirishdan to‘xtamagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda Qora pantera laqabli it mashina urib yuborgan mushukni sudrab, yo‘l chetiga olib o‘tdi