08:25 / 08.11.2020
1 903

AQSH Vakillar palatasi spikeri Jo Baydenning g‘alaba qozonganini aytib o‘tdi

AQSH Vakillar palatasi spikeri Jo Baydenning g‘alaba qozonganini aytib o‘tdi
Foto: Getty Images
Demokratlar partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzod Jo Bayden elektorat mandatini qo‘lga kiritdi va yaqin orada AQSHning qonuniy ravishda saylangan prezidentiga aylanadi.

Bu haqda AQSH Vakillar palatasi spikeri demokrat Nensi Pelosi Vashingtondagi matbuot anjumanida aytib o‘tgan.
Pelosi Baydenning g‘alabasini tarixiy deb atagan va u muqarrarligini ta’kidlagan.

Jo Bayden bunday ajoyib vakolatga ega bo‘lgan kunda sizning oldingizga chiqish juda yoqimli. Tez orada u vitse-prezidentdan prezident etib saylanadi», degan Pelosi. Jo Bayden Barak Obama prezidentlik davrida vitse-prezident bo‘lgan.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, AQSH prezidentlik saylovlarining yakuniy natijalari hali e’lon qilingani yo‘q. Ya’ni, bir necha muhim shtatlarda ovozlarni hisoblash yakunlanmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Vakillar palatasi spikeri Jo Baydenning g‘alaba qozonganini aytib o‘tdi