00:06 / 08.11.2020
1 870

“Jo Bayden qalbaki yo‘l orqali o‘zini g‘olib deb ko‘rsatmoqda” - Tramp sudga murojaat qilishini aytdi

“Jo Bayden qalbaki yo‘l orqali o‘zini g‘olib deb ko‘rsatmoqda” - Tramp sudga murojaat qilishini aytdi
Foto: Reuters
Donald Tramp sud orqali AQSH prezidenti saylovi natijalarini hisoblashda adolatga erishmoqchi.
"Jo Bayden qalbaki yo‘l orqali o‘zini g‘olib deb ko‘rsatayotganligini hammamiz bilamiz. Shtabimiz dushanba kuni saylov qonunchiligiga to‘liq rioya qilinishi va haqiqiy g‘olib tanlanishi uchun sudga murojaat qiladi", - deyiladi Trampning bayonotida.

Tramp saylovdagi mag‘lubiyatini tan olmadi, u kurash hali oldinda deb hisoblamoqda.
"Jo Bayden nima uchun asosi bo‘lmasdan turib o‘zini g‘olib deb atashga shoshilayotganini barchamiz bilamiz. Shuningdek, OAVdan bo‘lgan ittifoqchilari unga nima uchun yordam berishga urinayotganini ham bilamiz: ular odamlar bor haqiqatni bilishlarini xohlamayapti", - deya qayd etdi u bayonotida.

"Saylov yakuniga hali ancha uzoq", - deb qo‘shib qo‘ydi AQSH prezidenti. Uning ta’kidlashicha, g‘olib ommaviy axborot vositalarining taxminlari bilan emas, qonuniy tarzda taqdim etilgan byulletenlar orqali aniqlanadi.

Avvalroq AQSHning yirik nashrlari Baydenning saylovdagi g‘alabasini e’lon qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Jo Bayden qalbaki yo‘l orqali o‘zini g‘olib deb ko‘rsatmoqda” - Tramp sudga murojaat qilishini aytdi