23:06 / 08.11.2020
2 231

Trampning kuyovi unga saylovlardagi mag‘lubiyatni tan olishni taklif qilgani ma’lum qilindi

Trampning kuyovi unga saylovlardagi mag‘lubiyatni tan olishni taklif qilgani ma’lum qilindi
Foto: AP Photo/Pablo Martinez Monsivais
AQSH prezidenti Donald Trampning kuyovi va maslahatchisi Jared Kushner qaynotasiga prezident saylovlarida mag‘lub bo‘lganini tan olishni taklif qilgan. Bu haqda ikkita manbaga tayanib CNN telekanali xabar berdi.

Telekanal amaldagi prezident kuyovining bu taklifiga qanday munosabat bildirgani ma’lum qilinmagan.
Avvalroq Tramp saylovlarda yutqazganini tan olmasligini va sud orqali ovozlar qayta hisoblanishiga erishmoqchiligini ta’kidlab o‘tgan.

AQSH prezidenti saylovlari rasmiy natijalari hali e’lon qilinmadi. Biroq 7 noyabrda AQSHning yetakchi ommaviy axborot vositalari Demokratik partiya nomzodi Jo Baydenni saylovlar g‘olibi deb e’lon qilgan.

Keyinroq Baydenning o‘zi ham amerikaliklarga murojaat qilib, o‘z foydasiga 74 mln ovoz to‘plagan holda g‘alaba qozonganini e’lon qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampning kuyovi unga saylovlardagi mag‘lubiyatni tan olishni taklif qilgani ma’lum qilindi