16:31 / 09.11.2020
2 435

Tramp «ketar jafosiga» Eronga qarshi keskin choralar ko‘rmoqchi

Tramp «ketar jafosiga» Eronga qarshi keskin choralar ko‘rmoqchi
Foto:«RBK»
AQSH Isroil va boshqa qator davlatlar bilan birgalikda Eronga qarshi yangi sanksiyalar paketini joriy etmoqchi. Bu haqda Amerikaning «Axios» portali o‘z manbalariga asoslanib xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, AQSHning Eron bo‘yicha maxsus vakili Elliott Abrams Tehronga qarshi yangi cheklovlarni muhokama qilish uchun Tel-Avivga uchib ketgan.

Sanksiyalar 20 yanvargacha kuchga kirishi va AQSHning bo‘lajak prezidenti Jo Baydenning JKPOA shartnomasiga qaytish imkoniyatini cheklashi kerak. «Maqsad - 20 yanvarga qadar Eronga qarshi shuncha sanksiyalarni joriy qilish», - dedi portalda isroillik manba.

Ta’kidlanishicha, yangi cheklovlar Eron yadro dasturi bilan bog‘liq emas, balki mamlakatda ballistik raketalar rivojlanishini cheklashga qaratilgan.

Tel-Avivdagi muzokaralardan so‘ng Abrams BAA va Saudiya Arabistoniga ushbu mamlakatlar rasmiylari bilan sanksiyalar paketini muvofiqlashtirish uchun boradi, deb hisoblaydi tahlilchilar.

2015 yilda Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Rossiya, AQSH, Fransiya va Eron Tehronning yadroviy majburiyatlari evaziga sanksiyalarni bekor qiladigan Qo‘shma Harakat Rejasi (JKPOA) to‘g‘risida kelishib olgandilar. Xuddi shu yili BMT Xavfsizlik Kengashi 2231-sonli qarorni qabul qildi, unda 2020 yil 18 oktabrda qurol-aslaha embargosi tugaganligini e’lon qilgandi.

2018 yilda AQSH prezidenti Donald Tramp JKPOA tarkibidan chiqib, Tehronga qarshi yana sanksiyalarni joriy qildi, bu esa Eronni yadroviy majburiyatlarini kamaytirishga undaydi.

Mazkur sanksiyalar Tramp ma’muriyatining so‘nggi qarorlaridan bo‘lishi mumkin. Xabaringiz bor, 3 noyabrda o‘tkazilgan AQSH prezidentlik saylovlarida Jo Bayden Trampni mag‘lub etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp «ketar jafosiga» Eronga qarshi keskin choralar ko‘rmoqchi