07:29 / 10.11.2020
2 589

Armaniston bosh vaziri oq bayroqni ko‘tardi. Qorabog‘da urushga nuqta qo‘yiladi

Armaniston bosh vaziri oq bayroqni ko‘tardi. Qorabog‘da urushga nuqta qo‘yiladi
Foto: Sputnik
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlar to‘xtatilishi haqida Facebook’dagi rasmiy sahifasida bayonot berdi. Bu qanday shartlar asosida amalga oshirilishi hozircha noma’lum.

Pashinyanning bayonoti matni quyidagicha:
«Aziz vatandoshlar, opa-singillar va aka-ukalar.
Men o‘zim va sizlar uchun juda qiyin qarorni qabul qildim.

Men Rossiya va Ozarboyjon prezidentlari bilan Qorabog‘ urushini [10 noyabr kuni] soat 01:00 da to‘xtatish haqida bayonotni imzoladim. E’lon qilingan bayonotning matni shaxsan men uchun va xalqimiz uchun nihoyatda og‘riqli.

Men bu qarorni harbiy vaziyatni chuqur tahlil qilib va undan yaxshi xabardor bo‘lgan odamlarning baholashlariga ko‘ra qabul qildim. Shuningdek, qarorim hozir paydo bo‘lgan vaziyatda bu mavjud eng yaxshi yechim ekanligiga asoslangan. Bularning barchasi haqida yaqin kunlarda batafsil gapirib beraman.

Bu g‘alaba emas, lekin toki siz o‘zingizni mag‘lub hisoblamas ekansiz, mag‘lubiyat ham emas. Biz hech qachon o‘zimizni mag‘lub sanamaymiz, bu bizning milliy birligimiz va uyg‘onish asrimizning ibtidosi bo‘lishi lozim.

Biz kelajagimizni rejalashtirib, o‘tmish xatolarini takrorlamasligimiz uchun mustaqillik yillarimizni tahlil qilishimiz kerak.

Men barcha shahidlarimiz oldida tiz cho‘kaman. Vatanini joni bilan himoya qilgan va qilayotgan barcha askarlarimiz, zobitlarimiz, generallarimiz, ko‘ngillilarimiz qarshisida egilaman. Ular Arsax armanlarini qutqarishda jonbozlik ko‘rsatishdi.

Biz oxirigacha kurashdik. Va biz g‘alaba qozonamiz. Arsax turibdi. Armanistonga shon-sharaflar! Yashasin Arsax!

Nikol Pashinyan
».

Eslatib o‘tamiz, Tog‘li Qorabog‘dagi urushning so‘nggi kunida Ozarboyjon qurolli kuchlari Shusha shahrini ozod etishgan, navbatdagi mo‘ljal sifatida Tog‘li Qorabog‘ poytaxti Xonkandi (Stepanakert) shahriga hujum boshlayotgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Armaniston bosh vaziri oq bayroqni ko‘tardi. Qorabog‘da urushga nuqta qo‘yiladi