22:38 / 10.11.2020
4 022

Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi urushni tugatishga nega rozi bo‘lganini aytdi

Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi urushni tugatishga nega rozi bo‘lganini aytdi
Foto: EPA
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Armaniston harbiylarining takroriy so‘rovlaridan so‘ng Ozarbayjon rasmiylari bilan Tog‘li Qorabog‘dagi jangovar harakatlarni tugatish to‘g‘risida kelishuv tuzganini aytdi. Meduza’ning yozishicha, bu haqda u o‘zining Facebook’ida onlayn namoyish etilgan murojaatida ma’lum qilgan.

«Armiya bunday qadam kerakligi to‘g‘risida uzoq vaqt ta’kidlaganidan so‘ng shunday qaror qabul qildim. Armiya to‘xtatish kerakligi, hal qilish uchun hech qanday istiqbollar ko‘rinmayotgan yoki ularni hal etish uchun resurslar tugagan ayrim muammolar borligini aytgandi», — deya uning so‘zlarida iqtibos keltirgan «Interfaks».

Nikol Pashinyan qabul qilingan kelishuv Armaniston uchun foydali emasligi, lekin Yerevan uni imzolamaganida bu mamlakatning jangovar qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlagan.
«Biz shunday vaziyatga tushib qolgandikki, shartnomani imzolashga boshqa muqobil variant yo‘q edi», — degan Pashinyan.

Eslatib o‘tamiz, Armaniston, Ozarbayjon va Rossiya yetakchilari 9 noyabr kuni kechqurun Qorabog‘da janglarni to‘xtatish haqida uch tomonlama shartnoma imzoladi. Sulh shartlari Kelbajar, Agdam, Lochin tumanlari va Gazax tumanida Armaniston tomoni egallab turgan hududlar Ozarbayjon nazorati ostiga berilishini nazarda tutadi. Eni 5 kilometr keladigan Lochin koridori Armaniston ixtiyorida qolib, u Tog‘li Qorabog‘ va Armaniston o‘rtasidagi aloqani ta’minlab turadi.

Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan Tog‘li Qorabog‘da urushni to‘xtatish bo‘yicha imzolangan bitimni u bilan muhokama qilishmaganini va muzokaralarda qatnashmaganini bildirgan.

Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi urushni to‘xtatish bo‘yicha Ozarbayjon bilan kelishib olganini e’lon qilganidan so‘ng, Yerevan ko‘chalarida norozilik namoyishlari boshlangan. Namoyishchilar Armaniston hukumati binosiga ham bostirib kirgan. Ular Pashinyanning kompyuter, soat va atirlarini o‘g‘irlab ketgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi urushni tugatishga nega rozi bo‘lganini aytdi