23:45 / 10.11.2020
1 966

Britaniyada Korona ismli ayol pandemiya vaqtida hazillar va tahqirlarga uchrayotganidan shikoyat qildi

Britaniyada Korona ismli ayol pandemiya vaqtida hazillar va tahqirlarga uchrayotganidan shikoyat qildi
Foto: BBC
Britaniyalik Korona Nyuton aqlini taniganidan buyon noodatiy ismi sabab hazillarga chidab kelmoqda. 49 yoshli ayolning aytishicha, pivoga bog‘liq laqab uni yoshligidan ta’qib qilib kelgan, pandemiya esa vaziyatni yanada murakkablashtirgan, deb yozadi TJournal.

«Odamlar meni Ginness va Budvayzer deb chaqirgan. Bunga kulib qo‘yishim mumkin, biroq ba’zida agressiv bo‘lganida bu juda xafa qiladi», — deydi u.

Koronaning so‘zlariga ko‘ra, ismini aytganidan so‘ng uni hech kim jiddiy qabul qilmaydi. Ayol g‘alati qarashlarsiz biror stolni bron qila olmasligi yoki hisob ocholmasligidan shikoyat qilgan. Yaqinda o‘tkazilgan ota-onalar majlisida qizining o‘qituvchisi u o‘zini nomaqbul tutmoqda deb o‘ylagan. U shunchaki virus nomini emas, onasining ismini aytgan.

Shuningdek, ayolni ayrimlarning «haqiqatda jirkanch» qo‘ng‘iroqlari ta’qib qiladi: «Bu virusmi?». Yaqinda esa bir erkak Koronaga qo‘ng‘iroq qilib, unga baqirgan.

Korona Nyuton ismi uning tug‘ilishiga yordam bergan akusher sharafiga qo‘yilgan (avvaliga ota-ona Sara va Ketrin ismlaridan birini tanlamoqchi bo‘lgan). Ayolning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya yangiliklarni egallay boshlagach, uning o‘z ismiga hazilomuz yondashishi osonlashgan.

Biroq Korona tushkunlikka tushmayapti. COVID-19 to‘y rejalari va 50 yoshli yubileyi munosabati bilan bayram kechasini o‘tkazishga xalaqit bersa-da, 2020 yil, shubhasiz, esda qolarli bo‘ladi.

Milliy statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda bir yoki ikkita qizga Korona ismi qo‘yilgan. Ushbu ism 1904 yildan 2019 yilga qadar eng mashhur yuzta ism ro‘yxatiga kirmaydi. U lotincha «korona» so‘zidan olingan bo‘lib, oy yoki yulduz atrofida porlashni anglatadi. Ispaniyada bu kabi familiya keng tarqalgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning mart oyida Hindistonda yangi tug‘ilgan chaqaloqqa koronavirus sharafiga Korona deb ism qo‘yilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyada Korona ismli ayol pandemiya vaqtida hazillar va tahqirlarga uchrayotganidan shikoyat qildi