19:50 / 11.11.2020
1 201

Pompeo Baydenni tabriklashga shoshilmaslikka chaqirdi

Pompeo Baydenni tabriklashga shoshilmaslikka chaqirdi
Foto: AP Photo / Manuel Balce Ceneta
AQSH davlat departamenti rahbari Mayk Pompeo "hali barcha ovozlar hisoblab bo‘linmagan" va jahon siyosatchilari Jo Baydenni prezident saylovidagi g‘alabasi bilan erta tabriklamoqda, deb hisoblaydi. U bu haqda Fox News telekanali efirida aytdi.

"Oldinda hali ko‘p ishlar turibdi. Barcha ovozlar hisoblab bo‘linmaganini eslatib o‘tamiz", - dedi Pompeo.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "yuridik jarayonga to‘liq amal qilinganligiga" ishonch hosil qilish lozim.

AQSHning bir qator yetakchi OAVlari 3 noyabrda o‘tgan prezident saylovlarida Bayden g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Saylovlarga hali rasman yakun yasalmagan bo‘lsa-da, Bayden ham o‘zini saylovlarda g‘alaba qozongan, deb hisoblamoqda. Uni bu g‘alaba bilan ko‘plab jahon yetakchilari tabriklashga ulgurishgan.

Biroq amaldagi prezident Donald Tramp demokratlarni saylovlar natijalarini soxtalashtirishda ayblamoqda va o‘z mag‘lubiyatini tan olmayapti. U natijalar bo‘yicha bir necha shtatlarda sud tartibida bahslashmoqchi.

Bayden esa Trampning o‘z mag‘lubiyatini tan olmayotganini “sharmandalik” deb atadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)