10:33 / 12.11.2020
3 228

Yosh Baydenning 41 yil oldin Sobiq Ittifoqda bergan intervyusi paydo bo‘ldi (Video)

Yosh Baydenning 41 yil oldin Sobiq Ittifoqda bergan intervyusi paydo bo‘ldi (Video)
Foto: «AP»
Ijtimoiy tarmoqlarda 2020 yil AQSHda prezident saylovlarida g‘alaba qozonishga yaqin turgan Jo Baydenning 1979 yilda Sobiq Ittifoqqa tashrifi chog‘ida bergan intervyusi tasvirga olingan video paydo bo‘ldi. Bir yarim daqiqali videoni Rossiya davlat teleradio jamg‘armasi YouTube-kanaliga joyladi.

O‘shanda Bayden va xalqaro masalalar bo‘yicha parlament qo‘mitasining yana olti nafar senatori Moskvaga strategik qurollarni qisqartirish to‘g‘risidagi bitimni (OSV-2) amalga oshirish bo‘yicha «soatni to‘g‘rilash» uchun tashrif buyurgandi.

«Rahbarlaringiz hamkorlikka moyil, bizga ko‘p vaqt ajratishdi, tez ortga qaytayotganimizdan afsusdamiz. Sovet-Amerika aloqalarining istiqboli yaxshi!» — dedi sovet jurnalistiga bergan intervyusida 36 yoshli demokrat.

2020 yil iyul oyida Baydenning Sobiq Ittifoqqa birinchi tashrifi to‘g‘risida dalil chiqdi. «Pravda» gazetasining 1979 yil 27 avgustdagi sonida Siyosatchi ilk bor Sobiq Ittifoqqa 1979 yilda kelgani haqida maqola chop etilgan.

20 noyabrda Jo Bayden 78 yoshni qarshilaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yosh Baydenning 41 yil oldin Sobiq Ittifoqda bergan intervyusi paydo bo‘ldi (Video)