15:41 / 12.11.2020
2 663

Mehnat muhojirining o‘g‘li koronavirus vaksinasini topdi

Mehnat muhojirining o‘g‘li koronavirus vaksinasini topdi
Amerikaning Pfizer kompaniyasi bilan birga samarali ekani aytilayotgan koronavirus vaksinasini ishlab chiqqan BioNTech kompaniyasining egalari asli turkiyalik ekani ma’lum bo‘ldi.

Deutsche Welle xabarida aytilishicha, kompaniyaga ota-onalari Germaniyaga mehnat muhojiri sifatida kelgan Ug‘ur Shohin va uning rafiqasi O‘zlem Tureji asos solgan.

Ug‘ur Shohin
Ular boshchiligida ishlab chiqilgan va ishchi nomi BNT162b2 bo‘lgan vaksina bilan Germaniya va Yevropa Ittifoqi aholisi emlanishi kutilmoqda. Aniqlanishicha, mazkur vaksinaning samaradorligi 90 foizni tashkil etmoqda. Vaksina hali ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bo‘lsa-da, Yevropa Ittifoqi allaqachon buyurtma berib bo‘ldi.

Professor Ug‘ur Shohin BioNTech kompaniya aksiyalarining 18 foiziga egalik qiladi, u 60 ta patent egasi hamdir va Germaniyaning eng boy 100 kishisidan biri hisoblanadi. Ug‘ur Shohin to‘rt yoshligida uning oilasi Turkiyadan Kyolnga ko‘chib kelgan, otasi shu yerdagi avtozavodda oddiy ishchi bo‘lib ishlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mehnat muhojirining o‘g‘li koronavirus vaksinasini topdi