16:16 / 12.11.2020
1 766

Liviya: nizolashgan tomonlar murosaga erishgan ko‘rinadi

Liviya: nizolashgan tomonlar murosaga erishgan ko‘rinadi
Tunisda bo‘lib o‘tayotgan Liviya borasidagi siyosiy muzokaralarda bir qator kelishuvlarga erishildi. Bu haqda BMTning Liviya bo‘yicha maxsus vakili Stefani Uilyams ma’lum qildi.

Uning aytishicha, kelgusi 18 oy ichida Liviyada saylov o‘tkaziladi. Bundan tashqari, davlat tashkilotlarini birlashtirish rejasi ham tasdiqlandi.

Tunisdagi muzokaralar BMT shafeligida 9 noyabr kuni boshlandi. Qariyb bir yil avvval Germaniya poytaxti Berlinda o‘tkazilgan xalqaro anjumandan farqli ravishda unda faqatgina Liviya vakillari ishtirok etyapti. Muzokaralarda iloji boricha tezroq saylov o‘tkazish va yagona hukumat tuzish masalalari muhokama etildi.

2011 yilda Liviya yetakchisi Muammar Qazzofiy ag‘darilgach, mamlakat parokandalikka yuz tutdi. So‘nggi vaqtda poytaxt Tripoli va uning atrofini Milliy murosa hukumati, mamlakatning sharqiy va janubiy qismlarini esa general Xalifa Haftar boshchiligidagi Liviya milliy armiyasi nazorat qilayotgan edi.

Tashqi kuchlarning aralashuvi bilan tomonlar o‘rtasidagi ixtilof kuchayib ketdi. Berlin konferensiyasida Liviyada o‘t ochishni to‘xtatish va mazkur mamlakatga nisbatan joriy etilgan qurol embargosiga amal qilish haqida yangragan chaqiriqlar foyda bermadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Liviya: nizolashgan tomonlar murosaga erishgan ko‘rinadi