Foto: DPA
AQSH Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi niqob taqish koronavirus yuqtirib olish xavfini sezilarli kamaytirishini tasdiqladi.
Pandemiya boshlanganidan buyon ayniqsa Amerikada niqob taqish mavzusida fikrlar xilma-xilligi kuzatildi: ko‘plab amerikaliklar niqobni faqat o‘zidagi infeksiyani boshqalarga yuqtirmaslik uchun taqish kerak, deb hisoblashadi.
Ammo AQSH Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi (CDC) xulosasiga ko‘ra, niqob taqish kovid tarqalishini «ikki tarafdan» sekinlashtiradi: tibbiy niqob – nafaqat kishidagi infeksiyaning boshqalarga o‘tishi ehtimolini kamaytiradi, balki uni taqqan odamni koronavirusga chalinishdan ham himoyalaydi.
CDC o‘tkazgan yangi tadqiqotning ko‘rsatishicha, bir necha qavat matodan tayyorlangan niqoblar ayniqsa samaralidir.
Tadqiqotda bir necha qavatli matodan iborat niqob inson tarqatadigan respirator tomchilarni 50–70 foizga kamaytirishi aniqlangan. Shu bilan birga, bunday niqoblar tashqi muhitdagi havo tomchilarining 50 foizini tutib qolishi, N-95 niqoblarida esa bu ko‘rsatkich 95 foizgacha yetishi qayd etilgan.
Markaz xulosasiga ko‘ra, pandemiyaga qarshi kurashda universal qoidalar umumlashmasi yaxshi foyda beradi. Ya’ni ham ijtimoiy masofa saqlash, ham niqob taqish, binolarning ventilyatsiyasiga e’tibor berish va qo‘lni tez-tez sovunlab yuvish kabilarning barchasiga birdek rioya etilishi infeksiya tarqalishini sekinlashtiradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi